ILM – KO‘PGA, HUNAR – KO‘KKA YeTKAZAR

Portugaliya poytaxti – Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan “Vera – 2014” xalqaro tasviriy san’at ko‘rgazmasida Buxoro viloyatining G‘ijduvon kulolchilik maktabi vakili Alisher Narzullayev bosh mukofot – Gran-priga sazovor bo‘ldi.

Sakkizinchi bor o‘tkazilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Germaniya, Fransiya, Chexiya, Isroil, Ozarbayjon, Rossiya, Eron va boshqa davlatlardan 100 ga yaqin hunarmand amaliy bezak san’ati, rangtasvir, haykaltaroshlik va arxitektura kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ijod namunalarini namoyish etdi.

Ko‘rgazmada Markaziy Osiyodan yagona hunarmand, mamlakatimiz vakili – buxorolik taniqli kulol Alisher Narzullayev uchun ajratilgan pavilondan milliy sopolsozlik san’atimiz mahsulotlari – tovoq, ko‘za, piyola, kosa va boshqa jihozlar o‘rin oldi. Milliy buyumlarimiz xorijlik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Amaliy bezak san’ati yo‘nalishi qatnashchilari orasida hamyurtimizning mahorat bilan ishlangan sopol buyumlari, ularda milliy an’analar ustuvorligi, ranglar uyg‘unligi, naqshlarning g‘oyat serjilo va nafisligi hakamlar hay’ati tomonidan yuksak baholandi va Alisher Narzullayevga bosh mukofot – Gran-pri topshirildi.

Alisher Narzullayev – sopolsozlikda o‘z yo‘li va uslubini yaratgan hunarmand. Prezident sovrini uchun o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi g‘olibi. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Charos XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Jizzaxda harbiylar oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: