OQSILGA BOY MAHSULOT
Kim grechkali bo‘tqani yaxshi ko‘radi? Men deyayotganlar quyidagi ma’lumotlarni o‘qib xursand bo‘lishi aniq. Chunki, grechka nafaqat mazali, balki foydali mahsulot. Grechka nimasi bilan foydali?
Grechka qondagi glyukozani 20 foizga pasaytiradi, buni u ikki soatda amalga oshiradi. Bu esa qandli diabet bilan og‘rigan va ozmoqchi bo‘lgan insonlar uchun juda muhim sanaladi.
Shuningdek, bu mahsulot aminokislotalarga juda boy. Uning tarkibi 8 turdagi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalardan iborat. Oqsil moddasi makkajo‘xori, guruch, bug‘doy va loviyaga nisbatan grechka tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Oqsilga boyligi borasida grechka baliq va tuxumni ham ortda qoldiradi. Shuningdek, ovqatga ishlatadigan grechka tarkibida glyuten mavjud.
Uning tarkibida vitaminlar guruhi yetarli darajada mavjud. Bu vitaminlar teri va sochning faoliyatiga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda ko‘z, miya, asab, yurak, me’da va immun tizimning faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.
Xuddi tovuq tuxumi singari grechka tarkibida triptofan aminokislotalari mavjud. Grechka rutinga boy. Rutin moddasi S vitamining faolligini uzoq muddat ushlab turadi va yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, bakteriyalarni o‘ldiradi, kapillyar qon tomirlari devorini mustahkamlaydi. Yurakning bir me’yorda urishini va qalqonsimon bez faoliyatini nazorat qiladi.
Bu ma’lumotlardan so‘ng kundalik taomnoma ro‘yxatiga grechkali bo‘tqani kiritadiganlar topilishi aniq.