TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGI OSHMOQDA

Har kim bilim olish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 41-moddasidan.

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta o‘zlashtirishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida yaratilgan keng sharoit va imkoniyatlar yuksak samaralar bermoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti mamlakatimiz xalq xo‘jaligi uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to‘g‘risida”gi qarori asosida institutda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, to‘qimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining kadrlar bazasini mustahkamlash maqsadida ilgari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti filiali bo‘lgan mazkur o‘quv yurti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 iyuldagi qarori bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirildi.

Joriy yilda bu yerda 3 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Jumladan, 400 o‘rinli talabalar turar joyi tubdan rekonstruksiya qilinib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan yangi oshxona bunyod etildi.

Ayni paytda yetmishdan ziyod o‘quv auditoriyasi, 14 laboratoriya, 7 kompyuter xonasi va lingafon sinfida talabalar o‘zlari tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olmoqda.

– Institutimizda yaratilgan zamonaviy sharoitlarda Prezidentimizning yosh avlodga ko‘rsatayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rligini his qilib turamiz, – deydi 2-bosqich talabasi Nodira Mamadaliyeva. – Men matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi yo‘nalishida tahsil olayapman. O‘qishni bitirgach, kichik bosmaxona tashkil etib, o‘z biznesimni yo‘lga qo‘ymoqchiman.

Futbol, badminton, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, tennis maydonlarini o‘z ichiga olgan sport majmuasining jahon andozalari darajasida jihozlangani talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

– Institutning yengil sanoat texnologiyasi, muhandislik-texnologiya va kimyo-texnologiya fakultetlarida ikki mingdan ziyod talaba o‘n uch mutaxassislik bo‘yicha tahsil olmoqda, – deydi institut rektori Odiljon Mamatkarimov. – Ularga ikki yuz nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar saboq berish bilan birga, ilmiy tadqiqot, ratsionalizatorlik loyihalari ustidagi izlanishlarida ko‘maklashmoqda. Jumladan, o‘tgan yili institutda mahalliy xomashyo asosida bolalar ovqatlanishi uchun bioqo‘shimcha ishlab chiqarish, ko‘p tarkibli pishitilgan iplar tayyorlash, paxta chigitini aerodinamik usulda saralash, paxta tozalash zavodlarida tola sifatini yaxshilash kabi texnologik loyihalar amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etildi.

Yana o‘qing:  Farg‘onada 189 ta ijtimoiy dorixona ish boshladi

A.SATTOROV,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: