Bosma OAVga GRANT MABLAG‘LARI AJRATILDI

Mamlakatimizda axborot sohasidagi tub o‘zgarishlar kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining, so‘z va axborot erkinligini ta’minlashning zaruriy shartidir. Mazkur omillar ommaviy axborot vositalari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasida mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda OAV o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilishi mustaqil NNT,OAV va fuqarolik jamiyati institutlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida 250 nafardan ortiq mustaqil ommaviy axborot vositalari 8,8 milliard so‘m miqdorida davlat subsidiyalari, ijtimoiy buyurtmalari va grantlari shaklida qo‘llab-quvvatlandi. Joriy yilda Parlament komissiyasi tomonidan mustaqil OAVlarining loyiha va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ikki milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Tadbirda tanlov g‘olibi bo‘lgan 43 nafar mustaqil OAVga 650 million so‘mlik navbatdagi davlat granti sertifikatlari topshirildi. G‘oliblar orasida «Karakalpak adebiyati’» , «Buxoro oqshomi», «Yakkabog‘ ovozi», «Buvayda ko‘zgusi» kabi viloyat nashrlarining borligi quvonarlidir.

Jamila HAYDAROVA

Yana o‘qing:  OLIS MANZILLARDA: SALOMATLIK VA INSONPARVARLIK KARVONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: