Bolaning BEGONASI BO‘LMAYDI

O‘qituvchi o‘zining ma’naviy qiyofasi, ichki dunyosi, madaniyati bilan atrofdagilarga namuna bo‘lishi kerak. Shu bilan birga o‘z kasbini, bolalarni sevadigan insongina vaqti kelib kasbidan hurmat-e’tibor topadi. Aytish joiz bo‘lsa, el aro kamol topib, ulug‘likka erishadi.

Ana shunday insonlardan biri Yelena opa Zabirova Nukus Davlat Pedagogika institutining “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” fakultetida tahsil oldi.

1998 yildan 2000 yilgacha “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy filiali direktori lavozimida faoliyat olib bordi. Turli tashkilotlar bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini o‘tkazish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lomlashtirish kabi ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘ldi.

Ishlashdan va yoshlarga o‘z tajribasini o‘rgatishdan aslo charchamaydigan, aksincha bundan zavq oladigan, ellik yildan ziyod umrini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan bu ayolni nafaqat shogirdlari, balki barcha pedagogika sohasi vakillari bugun Ona deb atashadi. Chunki, fidoyi va zahmatkash bu inson qayerda faoliyat olib bormasin, barchaga birdek pedagogika sohasining “ipidan ignasigacha” tushuntirishga, uning mas’uliyati va rohati ham mehnat ekanini anglatishga harakat qiladi. Hozirda Yelena Zabirova K.Ubaydullayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi metodik-namunaviy markazi direktori bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

– 53 yildirki, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritib kelmoqdaman, – deydi lavhamiz qahramoni biz bilan suhbatda. – Shundan 20 yildan ziyodi maktabdagi amaliy ishga to‘g‘ri keladi (1977-1997). Bilasizmi, bolalar bilan ishlash juda mashaqqatli va mas’uliyatli. Chunki, ular har narsaga qiziquvchan bo‘lishadi. Farzandlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda esa ta’lim tizimining ahamiyati katta. Shu maqsadda ularning bilim saviyasi, etik va estetik dunyoqarashini shakllantirish maqsadida boshlang‘ich sinflardayoq maxsus fanlar tashkil etilmoqda. Xususan, etika alifbosi, o‘qish, tabiatshunoslik, bizni o‘rab turgan olam, mehnat, matematika, jismoniy tarbiya shular jumlasidandir. Boshlang‘ich sinflar, ayniqsa, 1-2 sinf o‘qituvchilari yozish shart-sharoitlarini o‘quvchilarga singdirib borishi lozim.

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA

Yelena opaning o‘quv xonasiga kirar ekansiz, u yerda bolalar chizgan natyurmort, yurtimizda yetishtiriladigan meva-sabzavotlar, tog‘u toshlar, ona tabiat tasvirlangan suratlarga ko‘zingiz tushadi. Deraza tokchalaridagi gullarga boqib bahru dilingiz ochiladi. Bu yerda ustoz tabiatni sevuvchi o‘quvchilar uchun to‘garak ham tashkil etgan. Qizlarga alohida mehmon kutish, dasturxon tuzash, muomala madaniyatini ham o‘rgatadi. Ustozning xonasi o‘quvchilar bilan doimo gavjum.

Ajoyib inson, mehribon ona, jonkuyar ustoz Yelena Zabirovaning qator yillardagi mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib baholandi. U “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi”, “Metodist-o‘qituvchi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limida xizmat ko‘rsatgan xodim” kabi ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lgan. Faxriy ustozning ommaviy axborot vositalarida o‘ttizdan ziyod maqolalari chop etilgan.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: