Hech qachon KECh EMAS

Yaqinda amerikalik olimlar yevropalik shekriklari bilan shov-shuvli bir xabar tarqatdi. Shu paytgacha inson miyasi 25-30 yoshgacha rivojlanadi, so‘ng bu jarayon to‘xtaydi degan tushuncha bor edi. Yangi izlanishlar bu chegara 50 yoshgacha ekanini ko‘rsatdi. Faol aqliy mehnat va taffakkur bilan mashg‘ul bo‘lgan kishida esa miya qarimas ekan!

Aslida bu u qadar yangilik ham emas. Chunki, tarixda xuddi shu fikrni isbotlaganlar juda ko‘p bo‘lgan. Masalan:

Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy umrining oxiriga qadar (60 yoshgacha) ijod bilan shug‘ullangan.

Suqrot 70 yoshida turli musiqa asboblarini chalishni o‘rgangan va tez orada bu ishning ustasiga aylangan.

Gyote 80 yoshida dunyoga mashhur “Faust” asarini yozib tugallagan.

Mikelanjelo eng zo‘r asarlarini 80 yoshida chizgan.

Qadimgi Rim senatori Mark Katon yunon tilini 80 yoshida o‘rgangan.

Olmon tarixchisi Leopold Ranke “Jahon tarixi” asarini 91 yoshida yozib tugatgan.

Isaak Nyuton 85 yoshida ham qizg‘in ilmiy mehnat bilan band bo‘lgan.

83 yoshli Lev Tolstoy o‘rimda yosh o‘roqchilarni ham ortda qoldirgan. “Urush va tinchlik” asarining mo‘ysafid muallifi bu ulug‘ yoshda konki uchib, velosiped mingan, ot ustida bir oyoqlab qirq martadan oshiqroq o‘tirib-tura olgan.

Taniqli rus bastakori Igor Stravinskiy 88 yoshigacha musiqa bastalagan.

Shoir Beranje – 77, Lev Tolstoy – 82, Viktor Gyugo – 83, Safokl – 90, Bernard Shou – 94 yoshigacha ijod qilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar nimadan dalolat? “Qarilik” degan kasallik yo‘q. Ruhiyatdagi yanglish ko‘nikmalar bor, xolos. “Eshitayotgan narsalaringizga umuman ishonmang, hatto u o‘z aqlingizdan kechayotgan bo‘lsa ham”, – deb maslahat beradi taniqli ruhshunos Deniyel Eymen. Hayotimizdagi barcha g‘ov va to‘siqlar o‘z ichimizda. Ularni buzib tashlang! Bizning qalbimiz, ichki kuch-g‘ayratimiz yosh nimaligini bilmaydi! Tanda jonimiz bor ekan, tomirimizda qon oqib turgan ekan yanada yuqori ko‘tarilish uchun hamisha imkonimiz bor. Ijoddami, ilmdami, turmushdami – oldingizga yangi va yangi maqsadlarni qo‘ying. Ularga ishonch va ishtiyoq bilan intiling. Qulay fursatni esa kutmang, u faqat bitta. Uning nomi – “hozir”.

Yana o‘qing:  Harakatlarsiz ozish

Orifjon MADVALIYEV

tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: