ChINIQISH VA MAHORAT
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Sahovat sport servis” saroyida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi, Sinxron suzish Federatsiyasi hamkorligida “Sog‘lom avlod uchun” kubogi bo‘yicha sinxron suzish sport festivali o‘tkazildi.
Aholining ijtimoiy faollligini oshirish va salomatligini mustahkamlash, hamda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, qolaversa, respublikamizning chekka tumanlaridagi o‘smir qizlar o‘rtasida sinxron suzish sport turini targ‘ib etish hamda Xalqaro musobaqalarda yurtimiz shon-sharafini oshira oladigan mahoratli sportchi qizlarni tayyorlash ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan biridir.
Yurtimiz yoshlarini yetuk va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlarini ta’minlash, iqtidori va qobiliyatlarini to‘la namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish oldimizda turgan muhim vazifalardan biriga aylangan.
Ushbu sport festivalida Toshkent shahridan jami 100 nafarga yaqin yoshi chegaralanmagan qizlar qatnashdilar. Har bir jamoadan erkin dasturda chiqishlar havola etildi.
Sport festivali ishtirokchilari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.
Navro‘z NORBOBOYEV