YANGI O‘QUV YILIga yaxshi hozirlik bilan

Bugungi kunda ta’lim muassasalarining zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish orqali sog‘lom fikr va keng dunyoqarashga ega, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulkan mas’uliyat yuklanmoqda. Bu o‘z navbatida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan insonlardan ijodiy izlanish, kasbga yangicha yondashish, o‘z kasbining chinakam fidoyisi bo‘lishni talab etmoqda.

Jizzax viloyati Zafarobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida o‘z kasbining chinakam jonkuyarlari bolalarga saboq berishdan hormay, tolmay mehnat qilayotir. 500 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur dargohni joriy yilda 160 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli yakunlab, ulardan 55 nafari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindi. Qolganlari esa mutaxassisliklari bo‘yicha tashkilot va korxonalarda mehnat faoliyatini boshlab yuborgan.

Izlanuvchan va ilg‘or pedagoglar mehnatining samarasi o‘laroq kollej talabalari fan olimpiadalari, turli ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. Kollejda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan birgalikda buyuk tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatimiz, urf-odatlarimiz hamda ezgu g‘oyalar bilan singdirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish orqali o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash izchil yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, o‘tgan o‘quv yili mobaynida “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi asosida tashkil etilgan “Oila – muqaddas dargoh”, “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”, “Qizlar davrasi”, “Alpomish avlodlari”, “Sport malikalari” kabi ma’naviy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, “Siz qonunni bilasizmi”, “Til bilgan – el biladi”, “Zakovat” ko‘rik tanlovlari tez-tez uyushtiriladi.

An’analarga sodiq qolgan holda kollej jamoasi yangi o‘quv yilini “Yagonasan muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga bahshida go‘zal O‘zbekistonim” shiori ostida ko‘rgazma tashkil etish bilan boshladi. Eng quvonarlisi kollejning bir guruh ilg‘or o‘quvchilari bayram tadbirini munosib nishonlash maqsadida tashkiliy ishlarni o‘z zimmasiga olib, ustozlari bilan hamfikrlikda taraddud ko‘rishdi. Hashar kunlari kollej atrofida obodonchilik ishlari olib borildi, turfa rangdagi bayroqlar ilindi, sinfxonalar pufaklar va gullar bilan bezatildi.

Ko‘rgazmada kollejning iqtidorli o‘quvchilari milliy hunarmandchilik, duradgorlik, rassomlik, to‘quvchilik, milliy liboslar yaratish kabi sohalarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etdi. Tadbir go‘zal kuy-qo‘shiqlarga ulandi. Yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Zilola UMAROVA,

Zafarobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji tarix fani o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014/38)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: