Mirzacho‘lning mo‘jaz bog‘i
Bir vaqtlar “cho‘l” deya ta’riflanadigan Mirzacho‘l tumani istiqlol sharofati bilan go‘zal diyorga aylandi.
Mustaqilligimizning 23 yillik to‘yiga tuman aholisiga sovg‘a sifatida “Xalqlar do‘stligi” yoshlar istirohat bog‘i barpo etildi. Bu quvonchli voqea o‘sib kelayotgan yosh avlodning maroqli dam olishlari, madaniy-ma’naviy hordiq chiqarishlari yo‘lida yangi qadam bo‘ldi.
Tuman markazidagi 3,5 gektar maydonni egallagan istirohat bog‘ida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Bog‘da barpo etilgan sahnada haftaning har shanba kuni tuman va viloyat madaniyat uyi san’atkorlari ijrosida kontsert dasturlarining namoyish etilishi istirohat bog‘ini yanada gavjum va fayzli go‘shaga aylantirmoqda.
Shuningdek, ayni paytda, o‘quvchilar sabrsizlik bilan kutayotgan yangi o‘quv yilida yaqin kunlarda “Xush kelibsiz, bolajonlar” nomli katta tadbirning ham yoshlar istirohat bog‘ida o‘tkazilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
M. AHMeDOVA