O‘yinlar fe’l-atvorni shakllantiradi

Ota-onalar shuni yodda tutishlari kerakki, o‘yinchoqlar bola uchun shunchaki ermak va xursandchilik manbai emas balki, hayotining ajralmas qismi. O‘yin bolalar uchun o‘qish, mehnat, dunyoni anglash, tabiat bilan yaqindan tanishish usuli demakdir. U bolalikning yo‘ldoshi. Dunyo olimlarining kuzatishlari bo‘yicha farzand tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlanishida o‘yin muhim ahamiyat kasb etadi.

Mehrsiz tarbiya bo‘lmaydi”

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolalar maktabgacha yoshda ko‘p, turli-tuman o‘yinlarni o‘ynaydilar. Bunday paytlarda ota-onalar farzandlari uchun biror qiziqarli kitob sotib olib berishi ularning tasavvurini yanada oshiradi. Sababi kitobdagi ertak yoki hikoyaning syujeti qiziqarli bo‘lsa, bola kitob qahramonlari harakatlari, xarakterlariga taqlid qiladi. Bola buni o‘zicha rivojlantirib, hayotida olgan taassurotida aks ettirishga urinadi va doimo faol harakat qilishga intiladi. Shuning uchun uning oldiga qurbi yetadigan qiyinchilik va to‘siqlarni qo‘yish bolani kelajakda chidamli, sabr-bardoshli, oldiga qo‘ygan maqsadiga doimo intiladigan bo‘lib voyaga yetishiga yordam beradi.

Bolaga hech qachon “qo‘lingdan kelmaydi”, “yomon qilding” deb tanbeh bermaslik kerak. Umuman olganda uni qo‘lidan kelmaydigan narsalarga o‘rgatish kerak. Muntazam ravishda bola bilan shug‘ullanish uning xulqiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bolani yoshligidan qobiliyatiga qarab yo‘naltirish uning voyaga yetganda kasb tanlashiga ham muhim poydevor hisoblanadi. Olimlar o‘z tadqiqotlari natijasida jajjilarning aqlan va ma’nan rivojlanishi uchun o‘yining 4 turi mavjud deyishadi. Ular quyidagilar:

Qurilish o‘yinchoqlari. Bolalarning tashabbuskor, ijodiy qobiliyatli va topqir bo‘lishlariga yordam beradi. Qurilish o‘yinchoqlari bolalarga xos bo‘lgan ijodiy faollik yordamida o‘zining qilgan ishidan qoniqish hosil qiladi.

Ijodiy o‘yinlar. Ushbu o‘yin eng qiziqarli bo‘lgan o‘yinlar guruhini tashkil etadi. Bu kabi o‘yinlarda bola aniq, to‘laqonli hayot bilan yashaydi, unda o‘zining barcha qiziqishlarini, voqealarni qanday tasavvur qilsa shundayligicha ochib beradi. Misol tariqasida Chingiz Aytmatovning mashhur “Oq kema” asaridagi bosh qahramon – bola tasvirini olaylik. U o‘zicha toshlarga nom qo‘yadi, gullarni turli xarakterlarda tasvirlaydi va hokazo. Mazkur o‘yin bilan shug‘ullanmagan bolalar esa keyinchalik o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqara olmaydilar.

Didaktik o‘yinlar. Bu o‘yinga mozaika o‘yinini misol qila olamiz. Mozaika ko‘plab ijobiy jihatlarga ega bo‘lgan o‘yin turidir. Unda ranglarni bir-biridan ajrata olish, bolaning badiiy salohiyatini o‘tkirlashtirish, diqqatni bir joyga yig‘a olish, tirishqoqlik, sabr-toqatni tarbiyalash kabi xislatlar mujassamlashgan.

Yana o‘qing:  Zamonaga mos milliy hunarmandchilik ayollar tadbirkorligining qismidir

Harakatli o‘yinlar. Barcha yoshdagi bolalar uchun juda foydali. Harakatli o‘yinlar bolalarni chidamli qilib tarbiyalashga yordam berib, ularni nimjon bo‘lib qolishdan asraydi. Bunday o‘yinlarga “Bekinmachoq”, “Mushuk-sichqon”, arg‘imchoq bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar kiradi. Harakatli o‘yinlarni bolalar uxlashdan oldin o‘ynamasliklari kerak.

Xulosa qilib aytganda, bolalar o‘yinlari ularning hayotlari davomida muhim ahamiyatga ega. Bolalarni to‘g‘ri yo‘naltira olish asosan ota-onaga bog‘liq.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: