Maktab yarmarkalari: OTA-ONALARGA QULAYLIK

Ma’lumki, yangi 2014-2015 o‘quv yili boshlanishi oldidan ota-onalar uchun qulaylik yaratish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formalari, kiyim-kechaklar va poyabzallar bilan ta’minlash maqsadida hududlarda 2014 yilning 10 avgustidan 10 sentyabrigacha maktab yarmarkalari tashkil etildi.

Birgina Nukus tuman markazida joylashgan 1-son ixtisoslashtirilgan umumiy ta’lim maktabida tashkil etilgan maktab bozoridan jami ikki million yetti yuz yetmish uch nafar o‘quvchilar foydalanishi ko‘zda tutilgan. Asosiysi, ushbu bozorda terminal xizmati yo‘lga qo‘yilgani xaridorlar uchun qulaylik yaratmoqda. Mazkur maktab kutubxonachisi B. Ibragimova ota-onalarga farzandlari uchun kerakli mahsulotlarni xarid qilishlarida yaqin ko‘makchi bo‘layotir.

– Maktabimiz Axborot-resurs markazi rahbari Q. Qidirniyazova bu yil O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi ARM kutubxonachisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida II-o‘rinni qo‘lga kiritdi, – deydi maktab direktori Ikrom Minajov. – Hozir u “Aqmangit” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan maktab yarmarkasida xaridorlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maktabimizda yangi o‘quv yiliga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Do‘kon peshtaxtalarida tartib bilan ketma-ketlikda chiroyli taxlangan o‘quv qurollari, portfellar, bejirimgina maktab formalari e’tiborimizni tortdi. Kimdir o‘g‘liga loyiq shim, yana birov qiziga munosib maktab formasini sotib oldi. Bolajonlar esa daftar va ruchkalar xarid qilishdi.

M.QurbonboEVA

Yana o‘qing:  Ijodga undayotgan ulug‘ qadriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: