YOZ VA MIJOZ

jaziramaning inson organizmiga ta’siri xususida

Jazirama yozda kimdir o‘zini behol sezsa, yana kimdir qahraton qishni ko‘tarolmaydi. Fasllarning o‘zgarishi odam mijoziga ta’sir qiladi. Inson mijozi to‘rt xil bo‘ladi va shunga yarasha fe’l-atvori ham turlicha. To‘rt fasli tugal O‘zbekistonda turli mijozli insonlar faslga va o‘zlarining organizmi qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini talab qilishiga qarab ovqatlanishlari kerak. Shundagina organizmdagi to‘rt xil suyuqlik (safro, savdo, balg‘am va qon) muvozanati bir xil bo‘lsa mijoz mo‘tadil bo‘lib kishi sog‘lom bo‘ladi.

Issiqni ko‘tarolmaslik organizmda u yoki bu kasallik belgisi bo‘lishi mumkinligidan dalolatdir. Shu sababli ko‘pgina insonlar issiq iqlimli yurtlarga dam olgani borganda yoki u yerlardan qaytganidan so‘ng o‘z kasalliklari haqida birinchi bor biladilar. Chunki, inson organizmi o‘zi o‘rganmagan sharoitga tez moslasholmaydi. Sovuq iqlimdan kelgan odamlar issiq iqlimga yoki aksincha holatlarda organizmning sharoitiga moslashish jarayoni asta-sekin kuzatiladi. Issiq yoz kunlarida yurakka ortiqcha yuklama tushadi. Sababi yozda yuqori harorat sababli qon tomirlar kengayadi. Qon bosimi tushadi. Har bir insonning mushtumiday keladigan yuragi esa qon oqimini me’yorda ushlab turish uchun biroz “ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi”. Terlash tufayli tanadan kaliy va magniy elementlari chiqib ketadi. Yozda yuragida nuqsoni bor bemorlar tog‘ oldi hududlarida joylashgan sihatgohlarda dam olib davolanishlari maqsadga muvofiq. Shuningdek, tamaki mahsulotlari ham qon tomirlarini toraytirib qonni quyultirishini aytib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, qon quyilsa ham yurak zo‘riqib ishlaydi.

Yana issiq kunlarda qandli diabeti mavjud xasta kishilarda tananing suvsizlanishi terlash va ko‘p peshob ajratish hisobiga yanada kuchayadi. Natijada qonda qand miqdori oshishi ham odamni lohas qiladi. Ba’zi homilador ayollarda yozda chanqash sababli ko‘p suyuqlik ichish natijasida shishlar yanada ko‘payadi. Ko‘p terlash natijasida zamburug‘ sporalari rivojlanishi uchun qulay muhit yaraladi. Organizmga ortiqcha suyuqlik tushishi natijsida og‘iroyoq ayol charchaydi.

Biroq, ayrim kasalliklar borki quyoshning ultrabinafsha nurlari sababli tuzala boshlaydi. Ya’ni, ekzema (temiratki), psoriaz va dermatit (teri yallig‘lanishi), husnbuzarlar, raxit kabi kasalliklarga tonggi ufqdan bosh ko‘targan quyoshning ultrabinafsha nurlari kunduzgi soat 11:00 gacha va kechki soat 17:00 dan va quyosh botguncha davrda ijobiy ta’sir etadi.

Yana o‘qing:  XALQ TABOBATI USULIDA DAVOLASH

Farzand ko‘rishni rejalashtirayotgan ayollarga ham yoz fasli ayni qulay davr. Chunki, issiq kunlarda ayollar jinsiy gormoni-esterogenning yetilishiga ham ultrabinafsha nurlar samarali ta’sir etadi. Ammo, har narsada me’yor yaxshi deganlaridek yuqorida tilga olingan vaqtdan tashqari quyoshning olovli tig‘ida yurish faqat oftob urishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tik tushgan quyosh nurlari issiq kunlarda yuz terisini quritib, unda ajinlarni ko‘paytirib yuboradi. Terining muguz pardasi quyosh ta’sirida qalinlashadi. Shuningdek, terining namligi ketib, tarangligi susayadi. Kapillyar (qiltomirlar) kengayadi. Ultrabinafsha nurlarining ortiqchasi tanada pigment (dog‘)larni paydo qiladi.

Behudaga (Ispaniya, Italiya, Gretsiya davlatlarida) yumshoq iqlimli mamlakatlarda foydali meva-sabzavotlar mo‘l bo‘lishiga qaramay xotin-qizlar yoshlariga nisbatan kattaroq ko‘rinishadi. Salqin iqlimli mamlakatlar (Rossiya, Skandinaviya)da esa aksincha. Inson tabiatan quyosh nurining salbiy ta’siridan himoyalovchi tabiiy himoyaga ega. Ammo, uning ham chegarasi mavjud. Misol uchun, Afrika qit’asida yashovchi aholining sochlari qattiq va jingalak, kalta, terisi esa qop-qora. Lablari qalin. Ularning immuniteti oq tanlilarga nisbatan kuchli bo‘ladi. Sababi asrlar davomida turli bosqinlarda bu toifa odamlar turli mamlakatlarga qul qilib sotilgan. Ular og‘ir sharoitda yashab va ishlab, tirik qolganlar. Yashash uchun kurashda g‘olib bo‘lganlar avlodlari ajdodlarining kuchli genini meros qilib olishgan. Tabiatda tabiiy tanlanish sababli turlar saqlanib qolgan bo‘lsa, qullarning avlodlari ozodlikni orzu qilib va bu yo‘lda kurashib omon qolishgan.

Yozning injiqliklari va “turfa nozlari” dan biri oq tanli kishilarning terisini qip-qizartirib yuborishidir. Oftob urmasligi uchun tabiiy tolali matodan tayyorlangan soyabon tutib hamda somon shlyapa kiyib yurish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, tanasida xollari ko‘p odamlar quyosh tig‘idan o‘zlarini ehtiyot qilishlari zarur. Chunki, xollar-bu xavfsiz o‘smalardir. Mabodo xolning shakli o‘zgarib (shishib yoki tilinib, qonasa yoki hajmi kattalashsa) qolganini sezsangiz onkolog-mutaxassisga murojaat eting. Albinos (teri va soch-soqollari oppoq insonlar (irsiy kasallikka chalingan bo‘lishadi va ko‘zlari zaif ko‘radi) lar ham tabiiy tolali yengi uzun ko‘ylak, quyoshdan himoyalovchi qora ko‘zoynak taqib, boshlariga tabiiy tolali bosh kiyim kiyib yoki oq rangli tabiiy tolali soyabondan tutib yurishlari kerak.

Olov bo‘lib yonayotgan quyoshning tig‘idan go‘daklarni ehtiyot qilib, xoli ko‘p bolalarni oftob nurlaridan asrash kerak. Sababi quyoshning zararli nurlari ta’sirida teri raki-melanoma rivojlanadi. Yana xavfsiz o‘smalar-xollar xavfli o‘smalarga aylanadi. Ayniqsa, bolalikdan quyosh tig‘ida ximoyalanmay yurgan bolalr ulg‘aygach bu xatarli kasallikka ko‘p duchor bo‘lishadi. Yapasqi va dog‘li (turli rangli-qizg‘ish, to‘q qizil, jigarrang) xoli mavjud bolalar va kattalar ayniqsa, oftob nuridan saqlanishlari kerak. Chunki, bunday xollar ehtiyot qilinmasa xavfli o‘smalarga tez aylanishi mumkin.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: