Salohiyati yuksak, tolei porloq

O‘zbekiston yoshlari shunday ta’rifga loyiq

Yurtimizda yuksak salohiyatli, chuqur bilimga ega bo‘lgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularda ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Ana shu maqsadda istiqlol yillarida Prezidentimizning qator farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, joriy yilga Sog‘lom bola yili deb nom berilishi va maxsus Davlat dasturi ishlab chiqilishi hamda Prezidentimiz tomonidan shu yil 6 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori jamiyatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Sir emaski, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shu maqsadda joylarda talaba va o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Sog‘lom bola tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning o‘rni”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yoshlar diniy ekstremizmga qarshi”, “Ommaviy madaniyat – ma’naviyat kushandasi” kabi mavzulardagi ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari bu borada ijobiy natijalarni beradi.

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yurtimiz ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish maqsadida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarga “Mehribonlik uy”lari, maxsus maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari qamrab olinayapti. “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ijodiy ko‘rik-tanlovi esa ma’naviy targ‘ibot ishlarini samarali yo‘lga qo‘ygan, faol, izlanuvchan, fidoyi yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning ish tajribasini ommalashtirish imkonini bermoqda. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy va ijtimoiy-siyosiy mavzularda istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlarga bag‘ishlangan 144 nomdagi adabiyot, risola va qo‘llanmalar, multimedia asarlari, plakatlar tayyorlanib, yurtimiz ta’lim maskanlariga yetkazildi.

Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi farzandlarning ta’lim-tarbiyasiga, qanday shakllanib hayotga kirib borishiga bog‘liq ekani inobatga olinib, ushbu ezgu maqsadlar davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.

Zero, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida ularning olijanob intilishlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishida to‘laqonli ishtirokini ta’minlash dolzarb vazifadir.

Yana o‘qing:  Ranglar bog‘ining jajji bog‘boni

Akbar ShOMIROV,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akdemiyasi tinglovchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: