Xushxabar, raqamlar (2014/29)
2008 yilda respublikamizdagi Bolalar musiqa va san’at maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilardan 31 nafari nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2014 yilning iyul oyiga qadar ularning soni 107 nafarga yetdi. Shundan 10 nafari bosh sovrin – “Gran-pri” sohiblaridir.