XAZONLARNI YOQMAYLIK
Mana yurtimizga oltinga qiyoslangan kuz fasli ham kirib keldi. Bunday deyilishiga sabab o‘zingizga ma’lum. Xazonrezgi payti atrof-muhit go‘zal bir tusga kiradi, lekin shu go‘zallik ortida ko‘pgina noxush voqealarning sodir bo‘lishiga ham zamin yaratiladi. To‘planib qolgan xazonlarni ko‘pchilik tashib tozalash o‘rniga uni yoqib yuborishni o‘zlariga ep ko‘rmoqda. Buning ortidan esa qanchadan-qancha muammolar yuzaga kelishi mumkinligi haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmayaptilar. Yong‘indan chiqayotgan tutun birinchidan havoni zaxarlasa, ikkinchidan ozgina e’tiborsizlik tufayli yong‘inning ko‘p masofani egallab ketishiga, buning oqibatida ham moddiy ham ma’naviy zarar ko‘rishga olib keladi.
Shunday ekan aziz hamshaharlar, e’tiborli bo‘laylik! Yashab turgan joyimizni ozoda tutish bilan birgalikda yong‘in xavfsizligi qoidalariga ham rioya qilaylik.
Qadrli hamshaharlar sizga yana shuni ma’lum qilamizki Yong‘in xavfsizligining “01” qisqa telefon raqami endilikda “101” raqamiga o‘zgartirildi.
X.Safarov,
Hamza tuman IIB YOXB inspektori