OCHLIK IMMUN TIZIMINI MUSTAHKAMLAYDI

Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari doimiy va 4 kundan oshmaydigan ochlik inson immun tizimini tiklaydi, degan fikrni ilgari surishmoqda.

Ochlik natijasida organizmda leykotsitlar miqdori ortadi. Bu esa o‘z navbatida organizmning zaiflashgan immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Bu ayniqsa, saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga yordam beradi. Bundan tashqari ushbu bemorlarda ovqatlanmaslik natijasida kimyoterapiyaning salbiy ta’sirlarini kamaytiradi. Ochlik vaqtida tana hujayralarining leykotsitlar ishlab chiqarilishi natijasida immun tizimi to‘liq tiklanish jarayonida bo‘ladi. Bunga sabab esa ochlik vaqtida tananing ko‘proq quvvat saqlab qolishga intilishi bo‘ladi. Bu jarayonda organizm nozik va kasallangan hujayralardan xalos bo‘ladi.

Avvallari mutaxassislar saraton bilan og‘rigan bemorlarga och qolish ta’qiqlanardi. Hozirga kelib esa buning aksini tavsiya qilishmoqda.

Dilshod XUDOYQULOV,

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Yana o‘qing:  KAMERALI XAPDORI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: