Giyohvandlikning oldini olish-davlat nazoratida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Qabullar uyi”da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining 20 yilligi”ga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov kirish so‘zi bilan ochdi. Ushbu anjumanda “Milliy miqyosda narkotik moddalar tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari” mavzuida O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi Raisi o‘rinbosari, narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi direktori A.Mansurov ma’ruza qildi.
Yig‘ilishda xorijiy diplomatik korpus idoralari, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMTning narkotik moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, BMTning rivojlanish dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida narkotik moddalarni nazorat qilish hududdiy komissiyalari, vazirlik va idoralar vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘z muxbirimiz