Nonushtaga: pyureli kotlet
Ertalab nonushtada hammani hayratga solishni istaysizmi? Biz tavsiya etmoqchi bo‘lgan kotlet bu borada sizga yordam beradi. Bu tavsiya orqali oila a’zolaringizga totli, shuningdek, foydali nonushta tayyorlab berasiz.
Buning uchun 2-3 dona kartoshka, 1 dona piyoz, 2 ta tuxum, 1 osh qoshiq un va tuz, ta’bga ko‘ra murch, ozgina qiyma va nondan tayyorlangan talqon kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: kartoshkani suvda qaynatib olamiz va maxsus kartoshka ezgich bilan pyure holatiga keltiramiz. Piyoz va qiymani alohida qozonda qovurib olamiz. So‘ngra masalliqlarni bir idishga solib, tuz, murch, tuxum va un solib bir xil qorishma hosil bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiramiz. Gaz pechi patnisiga talqon sepib masalliqlarni katta osh qoshiqda kotlet shaklida joylashtiramiz. Kotletlarni qizigan duxovkada 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Tayyor bo‘lgan nonushtani likopchaga solib ko‘katlar bilan bezab dasturxonga tortamiz.
Guli NOZ