Fond faoliyatidan (2014/25)
Toshkent shahar fondning tayanch maskani tomonidan Mirobod tumani “Birodarlik” mahalla fuqarolar yig‘inida 20 nafar o‘smir qiz orasida “Orasta qizlar” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Ishtirokchilarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi.
Andijon viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani “Qahramon” va “Chimyon” qishloq fuqarolar yig‘inlarida, Navoiy va “Paxtakor” qishloq vrachlik punktlarida, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida shar’iy nikoh orqali qizlarni erta turmushga berish holatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Oltinko‘l tumani “Mash’al”, Shahrixon tumani “Do‘stlik” qishloq vrachlik punktlarida o‘smir qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Giyohvandlikni to‘xtataylik!”, “Chekishning zararli oqibatlari”, “Salomatliging o‘z qo‘lingda!” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.
Xorazm viloyati fondning hududiy filiali Xonqa tumanidagi “Durvadik”, Urganch tumanidagi “Yuqori bog‘”, Yangibozor tumanidagi “O‘zbekiston”, “Chubolonchi” mahallalarida “Oilaviy hayotga tayyormisiz?”, “Onalik va bolalikni muhofaza qilish – davlat himoyasida”, “Erta turmush – boshimga musht”, “O‘z vaqtida turmush qurish – oila mustahkamligi poydevori” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Farg‘ona tumanidagi “Novkent”, “Kaptarxona”, “Avval” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Yoyilma”, “Avval”, “Damko‘l” T.Nazarov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, 174 nafar ayol, shulardan 133 nafari tug‘ish yoshidagi, 8 nafar homilador, 10 nafar o‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Jizzax viloyati fondning hududiy filiali tomonidan Zomin tumanidagi 60-umumta’lim maktabida “O‘smir yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzuida seminar o‘tkazildi. “O‘smir qizlar uchun” va “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzularida bukletlar tarqatildi.
Abbosjon ERGASHEV,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi