“Mehribonlik” oromgohida

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish, ularning yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar asosida qator ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizilsuv qishlog‘ida joylashgan “Mehribonlik” sog‘lomlashtirish oromgohining tantanali ochilishi ham sog‘lom avlodni kamol toptirishdagi ezgu ishlarning amaliy ifodasidir. Ta’kidlash joizki, “Mehribonlik” sog‘lomlashtirish oromgohida joriy yilgi mavsumda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi 12 ta “Mehribonlik uylari”ning 900 nafar, Andijon va Guliston shaharlaridagi Bolalar shaharchasining 140 nafar, jami 1040 nafar tarbiyalanuvchilari dam olishi rejalashtirilgan.

“Mehribonlik” sog‘lomlashtirish oromgohi mavsumga shay holga keltirilgan. Jumladan, oromgohdagi 277 o‘rinli yotoqxona, 200 o‘rinli oshxona, Ma’naviyat va ma’rifat xonasi, tibbiyot xonasi, sport maydonchalari dam oluvchilar ixtiyorida. Shuningdek, cho‘milish havzasi, 10 ta bolalar suhbat ayvonchasi, 300 o‘rinlik yozgi kino-konsert amfiteatri, 7 ta to‘garak xonalari, kompyuter sinflari bolalarga xizmat qilmoqda.

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarining qanday turdagi kitoblarga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanib, Respublika Bolalar kutubxonasi hamda Respublika ilmiy-pedagogik kutubxonasi fondidan 5000 dan ortiq kitob hamda bolalarning sevimli gazeta va jurnallari oromgohga keltirildi.

“Mehribonlik” sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jajji bolajonlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha badiiy, texnik ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishidagi 6 ta hamda ingliz tili va kompyuter savodxonligi to‘garaklari, jami 8 ta yo‘nalishdagi to‘garaklarda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar. Mazkur to‘garaklarning samarali va mazmunli faoliyat ko‘rsatishi uchun “Barkamol avlod” respublika markazlaridan zarur jihozlar hamda malakali mutaxassislar jalb qilingan.

Qolaversa, bolalarning dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilar orasida turli intellektual o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar, viktorinalar, sport musobaqalari o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Shu bilan birga, sevimli bolalar shoirlari, madaniyat va san’at arboblari ishtirokida tarbiyalanuvchilar uchun ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining ijodiy jamoalari tomonidan konsert dasturlari tashkil etiladi.

Yana o‘qing:  Xarid qilgan MAHSULOTINGIZ SIFATLIMI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: