SPORT XABARLARI

ShAXMAT

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” VIII xalqaro turniri yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz Shaxmat Federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada AQSH, Ispaniya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Armaniston, Ukraina, Hindiston, Iroq, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston kabi mamlakatlardan yuz nafardan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Shveysarcha usulda to‘qqiz turdan iborat musobaqada 7,5 ochko jamg‘argan hindistonlik Abhijit Gupta birinchi o‘rinni egalladi.

To‘qqiz imkoniyatdan 7 tadan ochko jamg‘argan ukrainalik Yuriy Kuzubov, gruziyalik Mixail Mchedlishvili, rossiyalik Pavel Smirnov, armanistonlik Arman Pashikyan kuchli beshlikdan joy oldi.

“Toshkent open” VIII xalqaro turniri iste’dodli shaxmatchilarimiz uchun katta tajriba maktabi vazifasini o‘tadi. Turnirda kuchli o‘yin ko‘rsatgan Sarvinoz Qurbonboyeva, Nafisa Mo‘minova va Bahora Abdusattorova qizlar o‘rtasida eng yuqori natijani qayd etgan bo‘lsa, o‘smirlar o‘rtasida eng ko‘p ochko jamg‘argan Bobur Sattorov, Odil Rahmon va Nodirbek Yoqubboyev ham shaxmat mutaxassislari va muxlislarining e’tiborini qozondi.

TENNIS

O‘zbekistonning 1-raketkasi Denis Istomin Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirini g‘alaba bilan boshladi.

Nufuzli musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki bahsida tajribali tennischimiz ukrainalik Sergey Staxovskiyni 6:3, 6:4, 2:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. Endi Denis Istomin germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqadi.

DZYUDO

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mamlakatimiz dzyudo ustalarining yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

Unga ko‘ra erkaklar o‘rtasida Sharof Lutfullayev, Rishod Sobirov, Sarvar Shomurodov, Yahyo Imomov, Sherali Jo‘rayev, Soib Qurbonov va Boltaboy Boltayev, xotin-qizlar o‘rtasida Muqaddas Kubeeva, Zarifa Sultonova, Shohida Nazarova, Shohista Safarova, Gulnoza Matniyozova, Kumush Yo‘ldosheva va Obida Allado‘stova o‘z vazn toifasida peshqadamlik qilmoqda.

Ushbu reyting jadvali dzyudochilarimizning mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki natijalariga qarab yangilab boriladi.

T.ORTIQOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  BAXT KALITI – yaxshilardan o‘rnak olib yashash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: