ShOKOLADLI TORT ORTIQCHA VAZNDAN XOLI ETADI

Bu qanchalik ishonarsiz bo‘lib tuyulmasin ammo, nonushtada iste’mol qilingan shirinlik ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingizda yordam beradi. Isroillik olimlarning fikricha ertalab shirinlik iste’mol qilish uchun eng ma’qul vaqtdir.

Chunki, bu vaqtda organizmda moddalar almashinuvi jadal kechadi. Kun davomida ertalabki nonushtadan hosil bo‘lgan ortiqcha kaloriyalar me’da-ichak tizimida hazm bo‘lib ketadi. Bundan tashqari tongda tanovul qilingan shokoladli tort tarkibidagi oqsil va uglevodlar kechgacha sizni to‘q tutib, yana shirinlik iste’mol qilish istagini so‘ndiradi.

Tadqiqotlarda 193 nafar ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan bemor ishtirok etdi. Ularning ko‘pchiligi parhez tutishar yoki kam kaloriyali (300 kaloriya) oziq-ovqat mahsulotlarini ertalabki nonushtada tanovul etishar edi.

Yoki ularning ayrimlari ertalabki nonushtaga to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari (kaloriyasi yuqori) va shokoladli tort iste’mol qilishgan edi. Oradan 16 hafta o‘tgach, tajribada ishtirok etgan ko‘ngillilar 16 kg vazn tashlashdi. Biroq, ertalabki nonushtada shokoladli tort iste’mol qilmagan ishtirokchilar 10 kgga semirishdi.

Tadqiqotchilar ushbu tajribaga asoslanib, kun davomida shirinlik xumorini ertalabki to‘yimli shokoladli tort bosishini isbotlashdi. Chunki, kun davomida shirinlik iste’mol qilinsa, moddalar almashinuvi sekinlashgach, odam organizmi ortiqcha vazn to‘playdi.

Dilshod XUDOYQULOV,

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi

Yana o‘qing:  Muntazam ochlik 2-turdagi qandli diabetni davolaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: