Menga ham pul to‘lanadimi?

Singlim yigirma yildan beri birinchi guruh nogironi. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqatiga ega emas. Men ishimdan bo‘shab, unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatyapman. Shu bois singlimning nafaqasidan tashqari menga ham davlat tomonidan pul to‘lanadimi? Kommunal to‘lovlarni to‘lash va boshqa holatlar bo‘yicha imtiyozlar bormi? Shular haqida mutaxassis bilan hamkorlikda ma’lumotlar berishingizni so‘rayman.

Nafisa Egamberdiyeva,

Toshkent shahri

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, ishlamaydigan va nogiron oila a’zosiga qaraydigan shaxslarga to‘lov to‘lash nazarda tutilmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi MK 229-moddasiga ko‘ra homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi (119 –modda) belgilashga majburdir.

Shu kodeks 285 – moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal bo‘linganda, mehnatda mayib bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilganda, karantin e’lon qilinganda, sanatoriy – kurortda davolanganda va protez qilinganda to‘lanadi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish miqdoridan ortib ketmasligi lozim. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nogironlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2010 yil 30 dekabrda 2175-son ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida” gi Nizominig 1-bandiga asosan o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlar, shu jumladan, nogironlar ham eng kam ish haqining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Mahorat darsi: u yoshlarni g‘alabalar sari undaydi

Ushbu Nizomning 3-bandiga ko‘ra kompensatsiyalar har oyda ishlamaydigan pensionerlarga va nafaqa oladigan bolalikdan nogironlarga hamda nafaqa oladigan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, mehnatga qobilyatsiz keksa fuqarolarga – pensiya (nafaqa ) olish joyida to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni 26-moddasiga ko‘ra, nogironlarga qu­yidagi turlardagi ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi:

Pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);

texnik vositalar yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash;

tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmatlar ko‘rsatish;

transport xizmatlari ko‘rsatish;

dori vositalari bilan ta’minlash.

Ushbu qonunning 31-moddasiga muvofiq nogironlarga va o‘z tarkibida nogiron bor oilalarga uy-joy berish, ularning uy-joy olishi, qurishi va undan foydalanishi bo‘yicha imtiyozlar uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.

Bolalikdan nogironlarga hamda boshqa I va II guruh nogironlariga turar-joy ularning ish joylariga, davolash-profilaktika muassasalariga va transport yo‘nalishlariga yaqin bo‘lishi zarurligi hisobga olingan holda beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi Qonuni 37-moddasi 1-qismining d-bandiga ko‘ra I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Savolga Toshkent shahar Shayxontohur tumani 7-sonli davlat notarial idorasi notariusi Iroda MUSTAFOYEVA javob berdi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: