Sport – chiniqish maktabi

Angren tumanidagi «Obliq» mahalla fuqarolar yig‘inidagilar shu yerda istiqomat qiluvchi Faxriddin aka va Marhabo opa Haydarovalar oilasini hurmat bilan tilga oladi. Boisi, ularning xonadonida sportga e’tibor yuqori. Ushbu sa’y-harakatlar mahsuli o‘laroq, sport oilaning kenja qizi Durdonaning hayoti mazmuniga aylangan.

Mazkur mahalla hududida joylashgan 29 — umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Durdona Haydarova 12 yoshidan sportning taekvondo ITF, «O‘zbek jang san’ati» turlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. U qisqa vaqt ichida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Durdona «O‘zbek jang san’ati» bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan O‘zbekiston chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z mahorat va iste’dodini namoyish etmoqda.

– Sportga qiziqishimga dadam turtki bergan bo‘lsa, yutuqlarga erishishimda ustozim Qahramon Sattorovning xizmatlari beqiyos. Zero, ustozimdan o‘rgangan saboqlarim musobaqalarda menga doim qo‘l kelmoqda, – deydi Durdona Haydarova. – Biz yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ertangi kunga, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlab, yangidan-yangi marralarni zabt etishimizga zamin hozirlaydi.

Durdona ezgu maqsadlarining ushalishiga ishonadi. Zero, yurtimizda buning uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. U faqat harakat va tinimsiz mehnat orqaligina orzularga yetishish mumkinligini yaxshi anglaydi. Shuning uchun ham dars va sport mashg‘ulotlarida ustozlaridan tinmay o‘rganadi, bilmaganlarini so‘rashdan tortinmaydi. D.Haydarovadagi ishtiyoq va tirishqoqlik tengdoshlariga ibrat bo‘lishi, shubhasiz.

Zuhra AHMEDOVA

Yana o‘qing:  “ASAL”NING ShIRIN QIZALOQLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: