Minnatdorlik maktubi (2014/20)

Fidoyilik, mehnatsevarlik hukm surgan yerda hamisha yuksaklik, rivojlanish qaror topadi. Mas’ullik hissi esa chuqur hurmat va e’tirofga zamin bo‘lishi muqarrar. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida faoliyat yuritayotgan shifokorlarni ana shunday sifatlar bilan alqasang arziydi. Sababi, shifoxonada davolanish chog‘imda shifokorlarning sog‘lig‘imning tiklanishiga astoydil kamarbasta bo‘lishlarini ko‘rib bunga yana bir bor amin bo‘ldim.

Muassasa bosh shifokori Dilshod G‘aniyev, bo‘lim boshlig‘i Ismat Norqobilov, Aloviddin Turdiyev, katta hamshiralardan Musallam Rahimova, Shoira Elboyeva, Nargiza Toshpo‘latova kabi tibbiyot xodimlarining el orasidagi hurmat va obro‘si esa ularning o‘z sohasiga mas’uliyatli ekanligidan dalolatdir. Bunday qo‘llari em, so‘zlari malham shifokorlar hamisha omon bo‘lsin!

Qudrat OCHILOV,

Shahrisabz shahri

Yana o‘qing:  Kamyob va nodir malham

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: