Biz Vatanga nima berdik?

– Yaqinda 23 yoshga to‘ldim, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi, Prezident stipendiyasi sohibi Habibullo Sa’dullayev. – Mustaqillik tengdoshi ekanimdan hamisha g‘ururlanaman. Boisi, Istiqlol bizga baxtli bolalikni, sururli, muvaffaqiyatli onlarni baxshida etdi. Zamonaviy sharoitlarda tahsil olayapmiz. Yaqinda “Marketing va xarid psixologiyasi” mavzusida dissertatsiya ishimni himoya qildim. Jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deya tan olingan O‘zbekistonimizning rivojlanish bosqichlarini ilmiy asosda o‘rgandim, tahlil qildim. Hech shubha yo‘qki, o‘tgan davr ichida yurtimizda iqtisodiyotni bosqichma-bosqich ravnaq toptirish sohasida katta va ibratli tajriba to‘plandi. Buni xalqaro ekspertlar ham alohida e’tirof etmoqda. Hali ko‘rasiz, O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanadi! Va bu to‘g‘rida qator-qator kitoblar chop etiladi. Men ham jahon tajribasini uyg‘unlashtirgan holda marketing xizmati yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarimni davom ettirmoqchiman.

Mamnuniyat bilan aytish lozimki, yurtimizda bunday iste’dodlarning safi keng.

Bahodir Adilchayev qoraqalpog‘istonlik. Yaqinda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tamomladi. Mutaxassisligi iqtisodchi. Oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan chog‘laridayoq Kegayli tumanida “Xudyar Axun” fermer xo‘jaligini tashkil etdi. Uning rahbarligidagi xo‘jalikda paxta, g‘alla yetishtirish bilan birga bog‘dorchilik ham yo‘lga qo‘yilgan. Intensiv bog‘ida olmaning ertapishar va serhosil navlari parvarishlanmoqda. Daraxtlar bu yil hosilga kirdi. Bo‘yi pastgina bo‘lgani bilan shig‘il tukkan. Tishlasangiz, og‘zingizda mazasi qoladi.

– Kelasi yilga rejalarimiz ko‘p, – deydi B.Adilchayev. – Tezpishar poliz ekinlarini ekmoqchimiz. Elimiz dasturxonini yanada to‘kin qilsak, deyman. Yozgi hosildorligimizning esa omadi chopgan. Mana, g‘alla xirmonimiz ham har qachongidan barakali bo‘ldi. Yerlarni shudgorlab, kuzgi ekishga tayyorlab qo‘ydik. Xullas, aytaversam gap ko‘p. Bir bizning jamoamiz emas, balki butun Qoraqalpog‘istonda qutlug‘ bayramimizga shu yo‘sinda katta xursandchilik bilan tayyorgarlik ko‘rilayapti. Bilasizmi, Mustaqillik kuni men uchun alohida ahamiyatga ega. Ushbu bayram arafasida o‘zim ham yigirma uch yoshimni qarshilayman.

Ha, mustaqillik yillarida barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan zalvorli yutuqlar, erishilgan marralar yosh-u keksani birday quvontiradi, ko‘ngillarda faxr-iftixor hissini, ertangi kunga ishonchni mustahkamlaydi.

Zulayho NORQULOVA,

TATU 4-bosqich talabasi

Яна ўқинг:  Дов-дарахтлар табиатнинг кўркам жамоли

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: