Turnir boshlandi

Poytaxtimizda boks bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Sidney Jakson xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Boks federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur turnirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda boksni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan Sidney Jaksonni xotirlash, sportchilarimizning xalqaro tajriba va mahoratini oshirish, ularni nufuzli musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlashdan iborat.

Xalqaro turnirning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportning barcha turlari qatori boksni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor o‘zbek boks maktabi vakillarining Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

“O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkazilayotgan Sidney Jakson xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnirda hamyurtlarimiz bilan birga o‘nga yaqin mamlakatdan 100 nafardan ziyod bokschi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Turnirda jahon va qit’a chempionatlari sovrindorlari bilan bir qatorda yosh iqtidorli sportchilarimiz ham ishtirok etmoqda.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Kitob sehri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: