Sifatli kolbasa qanday bo‘ladi?

Bugungi kunda kolbasa mahsuloti ko‘plab kishilarning sevimli ozuqasiga aylangan. Xo‘sh, kolbasa haqida nimalarni bilasiz? Yurtimizda bu mahsulotni o‘tgan asrning 70-yillaridan ishlab chiqarish urf bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kolbasa haqidagi ilk ma’lumotlar eramizdan avvalgi V asrda Xitoy, Bobil va Yunon mamlakatlarining solnomalarida uchraydi. Ayniqsa, Homerning “Odisseya”sida ko‘proq va batafsilroq tasvirlanadi. Uning tayyorlanish retsepti keyinchalik Bobil va Xitoyga o‘tgan. U yerdan dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Uning ilk tarkibi manbalarda yozib qoldirilishicha quyidagicha bo‘lgan:

Go‘sht (ot, mol yoki quyon go‘shti) yaxshilab ezib olingan va turli ziravorlar qo‘shib, ot ichagiga joylangan. So‘ngra bir kecha kunduz maxsus xonalarda dudlangan. Bu mahsulot ma’zali ta’mga ega bo‘lib, asosan yuqori tabaqa vakillarining taomi hisoblangan.

Manbalarga ko‘ra, “Kolbasa” so‘zi turkiy tildan olingan bo‘lib, “kol” – qo‘l, ilik, “basmaq” – bosmoq, bosish ma’nosini anglatadi. Chunki Xitoy orqali Osiyoga kirib kelgan bu mahsulot tayyorlanishida, go‘shtni ichakka qo‘l bilan joylashtirib chiqishgan. Keyinchalik bu Yevropa davlatlarida “kolbasa” deb nomlangan.

Hozirgi kunda kolbasa mahsulotlari juda xaridorgir bo‘lib, parhez taomlar sirasiga kiritilgan. Uning tayyorlanishi ancha murakkablik kasb etadi. Tarkibi butunlay o‘zgargan. Bugungi kunda har-xil turdagi sifatli kolbasalar va sosiskalar tayyorlash bo‘yicha Germaniya va Avstriyaliklar oldiga tushadigani yo‘q. Ular dunyoning barcha mintaqasiga ushbu mahsulotlarni eksport qiladi. Germaniyalik ishlab chiqaruvchilar dunyo bo‘ylab, qaysi mintaqa qanday kolbasaga ehtiyoj sezadi, mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgan. Natijalar shuni ko‘rsatganki, shimoliy o‘lkalardagi aholi asosan qaynatilgan kolbasalarni ma’qullashgan bo‘lsa, janubliklar dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlariga ehtiyojmand ekanliklarini bildirishgan.

Kolbasani kamqonlik, qabziyat va turli allergik kasalliklarga chalingan bemorlar iste’mol qilishlari mumkin. Ammo yosh bolalarga kam miqdorda berish zarur. Ayniqsa, gijjasi bor farzandlaringiz bu mahsulotni iste’mol qilmagani ma’qul. Kolbasa mahsuloti taomnomangizning tonggi dasturxonidan o‘rin olgani yaxshiroq, chunki uning hazm bo‘lishi biroz murakkabdir. Shu boisdan ham shifokorlar bu yegulikni oshqozoni xasta kishilarga ko‘p hollarda tavsiya etmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, kolbasa mahsulotini xarid qilish chog‘ida uning tashqi ko‘rinishi, sifati, yaroqlilik muddatiga e’tibor bering. Mazkur mahsulotni me’yorida iste’mol qilish zarur.

Yana o‘qing:  Silni yuqtirmaslik chora-tadbirlari

Dilafro‘z ShUKUROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: