Mustahkam oila
Bil, oila qo‘rg‘onida bisyor erur, ahillik,
O‘g‘il-qiz birlan yana takror erur ahillik.
Jajji yuzlarda shodlik, keksa nigohlar hikmat,
Tugamas qo‘shiq-doston, ash’or erur ahillik.
Ota-onaga quvvat bergay farzand kelbati,
Asli insonga do‘stim, mador erur ahillik.
Yurakda gullayotir tinchlik shukronalari,
O‘zbekiston ahliga shior erur ahillik.
Sarvinoz TURSUNOVA,
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi
66-umumta’lim maktabi o‘quvchisi