Oftob charaqlab turgan sen yorug‘ osmonimsan

– deya Vatan madhini tarannum etib, olis-olislarga taralayotgan qo‘shiq ohanglari kishi ko‘ngliga huzur bag‘ishlaydi. Boshidagi zar do‘ppisi-yu atlas libosi o‘ziga yarashgan, kuylayotgan qo‘shig‘iga berilib raqs tushayotgan sahnadagi qizaloqning nafis harakatlarini ko‘rib dil yayraydi.

P oytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 120-umumta’lim maktabining 1-sinfida tahsil olayotgan Zarina Jabborova pianinoda ham kuylar ijro etadi. U maktabda a’lo baholarga o‘qish bilan birga, tumandagi 20-musiqa va san’at maktabining iste’dodli o‘quvchilari safidan joy olgan. Ustozlari Abduqahhor Abduqodirov hamda Linura Velyuyayeva boshchiligida “O‘zbekiston”, “Biz baxtiyor bolalar”, “Buvijon” kabi qator qo‘shiqlarni maromiga yetkazib ijro etayotgan Zarina, ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2013-yilda “Kamalak yulduzlari” Bolalar ijodiyoti festivalining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan bu san’atsevar qizaloq, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida “Muqaddas Vatan” nomli qo‘shig‘i uchun III o‘ringa sazovor bo‘ldi.

San’atkorlar oilasida kamolga yetayotgan qizaloqning dadasi Akmal Jabborov bastakor, oyisi Zahro Abdunazarova konsertmester. Maktabdagi darslari, musiqa va san’at dargohidagi mashg‘ulotlaridan so‘ng Zarina buvisi Malohat Nazarova yordamida shirindan-shirin pishiriqlar tayyorlashni yoqtiradi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining “Akademik cholg‘ular va estrada ijrochiligi” respublika ko‘rik-tanlovi yangi-yangi nomlarni kashf etdi. 2013-yilda o‘tkazilgan tanlovda “Torimning siri” qo‘shig‘i bilan II o‘rinni qo‘lga kiritgan Shohruh Yo‘ldoshev ayni vaqtda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 256-maktabning 6-sinfida tahsil oladi. Shohruh maktabdagi darslardan so‘ng 20-musiqa va san’at maktabiga qatnaydi.

Shohruh ham Zarina singari “Kamalak yulduzlari” Bolalar ijodiyoti festivalining Respublika bosqichi g‘olibi, joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida gran-pri sohibi bo‘lgan.

Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida maqom yo‘nalishida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning shahar bosqichida g‘olib deb topilgan Shohruh endi respublika bosqichida qatnashish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

– Rubobda kuy ijro etish jonu dilim. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari bo‘limining avg‘on rubobi sozida ustozim Murod Hayitovdan “Shodlik”, “Dilxiroj”, “Rohat” kabi kuylarni ijro etishni o‘rgandim. Shu bilan birga, an’anaviy xonandalik bo‘limida ustozim Abduqahhor Abduqodirov qo‘l ostida maqom yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqdaman, – deydi Shohruh Yo‘ldoshev.

Яна ўқинг:  Фарзандлари соғ элнинг кўнгли тоғдир

Jamila HAYDAROVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: