Umr davomiyligini bashorat qilish mumkinmi?

Yosh ko‘rinadigan ayollar ko‘p hollarda uzoq yashaydi, deb yozadi “The Daily Mail” nashri. Gap shundaki, bunday ayollarda qon bosimi past bo‘ladi. Bu insult va yurak xurujlari xavfini kamaytiradi.

Umuman olganda esa umrning davomiyligi bevosita terining qarish tezligiga bog‘liq. Doktor Devid Ganning so‘zlariga ko‘ra, so‘z ajinlar haqida emas, balki osilib qolgan teri haqida bormoqda. Aynan shu alomat bo‘yicha yuqori qon bosimini bilish mumkin.

Olib borilgan tadqiqot yurak va qon tomir kasalliklari xavfi past bo‘lgan ayollar o‘z yoshlariga qaraganda kamida 2 yilga yoshroq ko‘rinishini isbotladi. Terining holati va umumiy salomatlik orasidagi bog‘liqlik 63 yoshdagi 514 kishi misolida tahlil qilindi. Shuningdek, mutaxassislar uzoq umr ko‘ruvchi oilalardagi erkaklar 1,4 yilga yoshroq ko‘rinishini ham aniqladi. Bunday oilalardagi erkaklarda ham, ayollarda ham qo‘llarining yuqori qismi sohasida ajinlar miqdori kamroq bo‘lgan. Hozir olimlar yosh ko‘rinuvchi odamlar terisida nimalar yuz berishini aniqlamoqda. Balki shu tarzda uzoq umr ko‘rish siri topilar.

Yana o‘qing:  Quyosh nurlari yetishmasligi umrni qisqartiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: