Fond faoliyatidan (2014/19)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fondning hududiy filiali Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Qorauzak tumanidagi Gerbish zavodi va “Bozatao‘” qishloq vrachlik punktida jami 26 nafar o‘smir o‘rtasida “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Qizlar gigiyenasi”, “Yoshlarni erta turmushga berishning salbiy oqi­batlari”, “Ona va bola skr davlat dasturi” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi hamda turli mavzularda bukletlar tarqatildi.

Farg‘ona viloyati fondning hududiy filiali viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi “Mehribonlik uyi”lari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kamalak jilosi” rasmlar ko‘rik-tanlovining 1-bosqichini uyushqoqlik bilan tashkil etdi. Ko‘rik-tanlovning g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdir­landilar.

Andijon viloyati fondning hududiy filiali tomonidan Shahrixon tumani 19-sonli umumta’lim maktabi va Andijon shahri 45-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirokida “Biz sog‘lom avlod – sog‘lom kelajakmiz” mavzuida sport muso­baqalari o‘tkazildi. G‘oliblarga Fondning esdalik sovg‘alari tarqatildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  E`LON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: