Xushxabar, raqamlar (2014/19)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 600 ming so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
- Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimidagi 483 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil qilingan 2 ming 899 ta sport seksiyasida 320 mingdan ziyod o‘quvchi-yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularning 114 ming 600 nafardan ortig‘i qizlardir.