Qatralar

Obid ota qo‘lidagi nihollarni avaylab olib ketayapti. Ularni hozirgina ko‘chat sotiladigan bozordan xarid qilgan. Uning sertomir qo‘llari titraydi. Axir nihollarning bag‘rida hayot bor-da! Go‘yo kaptar, qo‘yib yuborsangiz uchib ketadi. Bu kaptarlar borib serhosil bog‘larga qo‘nishini u hozirdan tasavvur qilayapti. Qushlar uni olqishlab chug‘ur-chug‘ur qilyapti. Osmon naqadar keng, quyosh saxiy, tuproq barakali… Bahorda ko‘chat o‘tqazganning umri boqiy degan gaplar borliqda hukmronday…

* * *

Gulga qo‘ngan aridan so‘rashibdi:

– Qo‘shiq aytishingga qaraganda quvonching cheksizga o‘xshaydi…

– Qishi bilan shakarli suv ichdim. Endi gullardan bol teraman. Tabiat yaxshi-da. Odamning qo‘lidan olganing nektarday bo‘larmidi?

* * *

Oynadan silliq harsangning naq ko‘ksidan portlab chiqqan bo‘ta kishining hayolini shoshiradi. Bu qatrongi daraxti. Asl Vatani Kavkaz.

– Bu joylarga qanday kelib qolgan, – savol beramiz ustoz Turopjonga.

– Qatrongi degani tosh daraxt degani, – deydi ustoz. – Ular turnalarning jig‘ildoni orqali bu yerlarga kelib qolgan. Jonivorlar dam olish chog‘ida urug‘i tushib qolgan. Qatrongi juda mustahkam buta bo‘ladi. Yerga tushdimi tamom, ajiriqday yopishib ko‘karadi. Ayniqsa, toshlar bag‘rida…

O‘zimcha deyman, ana bog‘bonning zo‘ri! Odam oyog‘i yetmaydigan joyda hosil olish mana bunaqa bo‘ladi.

* * *

Har kimning o‘z daraxti bor. Daraxtini topib niyatini aytib quchoqlasa, murodi hosil bo‘larmish…

Daraxt his qilgan narsani sezmaydigan kishilar borligiga shubha bormi?

Pardaboy TOJIBOYEV

Yana o‘qing:  Ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: