Bola huquqi jurnalistlar nigohida

2014-yil 26-aprel kuni Toshkent shahri “Grand Orzu” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan “Jurnalistika fakultetlarining talabalari uchun bolalar masalalarini yoritish va jurnalist etikasi bo‘yicha maxsus va fakultativ kurslarni tatbiq etish” loyihasi doirasida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2014 yilni Sog‘lom bola yili, deb nomlanishi va bu borada davlat dasturining qabul qilinishi, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 25 yilligi nishonlanishi zamirida ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom, barkamol, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash maqsadi yotadi. Mamlakatimiz aholisining katta qismini bolalar tashkil etishini inobatga olsak, bola huquqlarini o‘rganish, ularga asosiy e’tiborni qaratish kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada OAVning o‘rni va vazifalari ham alohida ahamiyatga ega. Bola huquqlarini o‘rganish va ta’minlash, bunga alohida e’tibor berish va bolalar masalalariga oid qonunlar amalga oshirilishini ta’minlashda OAV ning o‘rni beqiyos. Shuni nazarda tutib, Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida 2012-yil avgust oyidan 2014-yil 31-yanvargacha jurnalistika fakultetlarining talabalari uchun bolalar masalalarini yoritish va jurnalist etikasi bo‘yicha maxsus va fakultativ kurslarni tatbiq etish loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha davomida jurnalistika fakulteti talabalari va bolalar tahririyatlari xodimlari uchun “O‘zbekiston OAV bolalar mavzusini yoritishning nazariy va amaliy asoslari” o‘quv-amaliy qo‘llanmasi, respublika jurnalistlari uchun “Bolalar masalalarini yoritish bo‘yicha OAV xodimlariga eslatma” va talabalarning yozgi amaliyoti davomida tayyorlagan bolalar mavzusidagi materiallari asosidagi maqolalari to‘plami tayyorlandi.

Dilrabo SAYDULLAYEVA,

O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti magistranti

Яна ўқинг:  ЭНГ ЯХШИ ОРОМГОҲ ТАШКИЛОТЧИЛАРИ ТАҚДИРЛАНДИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: