Endi yugurib tolmaysiz
Koreyadagi yetakchi ilmiy-texnika instituti (KAIST)ning bir guruh olimlari odam tanasidagi issiqlikdan energiya ishlab chiqaruvchi egiluvchan generator o‘ylab topishdi. Bu haqda “TJournal” nashri xabar bermoqda.
Termoelektrik generator egiluvchan shisha plastinkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u fitnes-brasletlarga joylanib, yugurish chog‘ida qo‘lga taqilsa, ko‘p energiya ishlab chiqaradi va brasletni zaryadlaydi.
Yangilik bunday generatorlar oldida paydo bo‘ladigan ikkita muammoni hal qildi: ko‘p elektr ishlab chiqaradigan generatorlar egiluvchan bo‘la olmas edi, aksincha, egiluvchan xususiyatga egalari esa yetarli miqdordagi quvvatni berolmasdi.
Yangi generatorning 10x10 santimetrlisi 31 darajali tana haroratida 40 millivat energiya ishlab chiqara oladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, texnologiya boshqa ko‘plab sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin.