Muzeyga tashrif

Ayni paytda yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab o‘quvchilar ustozlari boshchiligida poytaxtimizdagi Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydilar. So‘ngra Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga borib, u yerdagi boy ma’naviy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir mehmoni Toshkent Kimyo-texnologiyalar instituti o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori Sulton Abdurahimov o‘quvchilarga Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, navqiron avlod tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ular qalbida vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishda buyuk sarkarda Amir Temurning tutgan o‘rni beqiyos ekani haqida so‘z yuritdi.

Akrom AHMEDOV

Yana o‘qing:  Saxovatning savobi bisyor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: