SARATONNI DAVOLAYDIGAN VAKSINA YARATILDI

Isroillik olimlar saraton kasalligini davolaydigan vaksina yaratdilar.

Shu paytgacha saraton kasalligini kimyoviy usul bilan davolashdan boshqa chora yo‘q edi. Bu esa insonning barcha organlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Endilikda esa bu kasallikni kimyoviy aralashuvsiz davolash chorasi topildi, deya xabar beradi Uz24.uz nashri.

Bunga erishish uchun Lea Ayzenbax boshchiligidagi isroillik olimlar naqd 30 yil harakat qildilar. Mana bugun Lea va uning hamkasblari, ushbu yangi preparat bilan saratonning 20 dan ortiq turini davolash mumkinligini ishonch bilan aytmoqdalar. Mazkur vaksinani saraton kasalligiga qarshi kurash tarixidagi eng samarali kashfiyot deyish mumkin.

Unga ko‘ra saratonning turiga qarab, kerakli vaksina qon orqali yuborilishi yoki kasallangan organ hujayrasiga biriktirib qo‘yilishi mumkin. Vaksina biriktirilgan hujayra o‘z muhitiga ijobiy ta’sir qiladi va saraton bilan kasallangan hujayralarni yo‘q qiladi.

Yana o‘qing:  SARATONNI ANIQLOVCHI BURUNLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: