Xatnaning tibbiy jihatlari

Ilmiy-tibbiy adabiyotlarda berilgan izoh, ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bolani xatna qilish tibbiy tilda posteotomiya deb ataladi.

O‘tmishda xatna qilish – o‘spirin bolalarning kattalar safidan o‘rin olishi, balog‘atga yetishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tibbiy – muhofazaviy tadbir hisoblangan. Keyinchalik xatna musulmon xalqlarda diniy marosim shaklida sunnat to‘ylari sifatida o‘tkazish tusini olgan.

Inson vujudida modda almashinuvi uzluksiz davom etishi tufayli siydik orqali 150 dan ziyod komponentlar, shu jumladan, suv, organizm uchun keraksiz bo‘lgan chiqindilar (mochevina, siydik kislotasi), erigan holatdagi turli mineral tuzlar, shuningdek zaharli moddalar, xiltlar tashqariga chiqadi. Odatda tuzlar kristallar hosil qiladi, cho‘kmaga tushadi, toshlarga aylanadi. Natijada, jinsiy olat boshi terisi, uning yupqa pardasi yallig‘lanadi. Aniqrog‘i, xatna qilinmagan o‘g‘il bolalarda fimoz, parafimoz kasalliklari kuzatiladi. O‘sha joyda qichishish, achishish, shish, og‘riq paydo bo‘ladi. Bu holat bolaning peshob qilishi jarayonida kuchayadi, uning chinqirib yig‘lashi va bezovta bo‘lishiga olib keladi. Buning yana boshqa salbiy ta’sirlari ham borligi haqiqat. Ba’zan esa, jinsiy olat boshining siqilib qolishi sababli bemalol peshob ajratish qiyinlashadi. Bunday og‘ir va tahlikali holatlarda bemorga ko‘rsatiladigan eng ishonchli va shoshilinch tibbiy tadbirlardan biri xatnadir.

Shundan kelib chiqib, o‘g‘il bolaning bunday ko‘ngilsiz holatga tushib qolishini kutib o‘tirmay, uning go‘dakligi, yoshlik chog‘idayoq xatna qilish maqsadga muvofiq. Bu tadbirning yana bir foydali tomoni shuki, o‘z vaqtida xatna qildirilgan bola go‘yo bo‘yniga solingan xavfu xatar “sirtmog‘i”dan umrbod forig‘ bo‘ladi, o‘zini bemalol qo‘yib, emin-erkin o‘sib-ulg‘ayadi, ruhan tetik, ma’nan pok, yetuk, jismonan barkamol, sog‘lom rivojlanadi.

Buning aksi o‘laroq, aksariyat hollarda bunday dardga yo‘liqqan erkak zoti yoshi nechada bo‘lishidan qat’iy nazar, vaqti kelib bir kuni tibbiy zaruratga ko‘ra, shoshilinch ravishda xatna qildirishga majbur bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shunga ko‘ra hozirgi zamon ilmiy tibbiyotida bunday o‘ta nozik va qaltis holatlar sodir bo‘lganida, yoki jinsiy a’zosida biror nuqson aniqlangan bemorlarga shoshilinch jarrohlik muolajalari o‘tkazish tavsiya etiladi.

Iskandar RAHMON,

iste’fodagi tibbiy xizmat podpolkovnigi, Sog‘liqni saqlash a’lochisi

Yana o‘qing:  Chaqaloqlarda kindik parvarishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: