Foydali mahsulotlar

Nonushtaga tanovvul qilingan xushta’m tvorog yoki yogurt quvvat bilan ta’minlaydi va modda almashinuvini yaxshilaydi. Abu Ali ibn Sino ham o‘z davrida sut va qatiq mahsulotlarini iste’mol qilish uzoq yashashning garovi ekanligi haqida aytib o‘tgan. Buyuk rus olimi Mechnikov esa buning haqiqat ekanligini o‘tgan asrdayoq isbotlab bergandi. O‘shanda laktobatsillalar bilan ivitilgan sut mahsulotlari “Mechnikov qatig‘i” deb atalgandi. Bizning davrimizda ham yogurt tayyorlash uchun tomizg‘i sifatida bulg‘or tayoqchalari va termofil streptokokklardan foydalaniladi. Sut qatiq zamburug‘i yordamida ivitilganda chuchuk qatiq — kefir hosil bo‘ladi.

Ayni vaqtda esa ba’zi sut va qatiq mahsulotlariga probiotik shtammlar qo‘shila boshlandi. Probiotik so‘zi tarjima qilinganda “hayot uchun” degan ma’noni bildiradi. U bilan boyitilgan mahsulotlar ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Ichaklarni toksin (zahar)lardan tozalaydi, ozishga ko‘maklashadi. Ular hayotiy quvvatni oshiradi, qondagi xolesterin va qand moddasini kamaytiradi, buyrakda tosh paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va yurak faoliyatiga ham ijobiy ta’sir etadi…

Qamara JAYLOBOVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji “Davolash ishi” bo‘limi o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Go‘daklarda kamqonlikning kechishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: