USTOZLARIMIZ O‘GITLARI SAMARASI

Litseyimizda sport sog‘lomlashtirish majmuasi vujudga keltirilgan. Stadion, katta tennis korti, basketbol maydoni, yopiq sport zali, gimnastika zali, trenajyorlar bilan jihozlangan sog‘lomlashtirish zali talabalar ixtiyorida. Shuningdek, litseyimizda 10 dan ortiq sport to‘garaklari faoliyat yuritadi. Tengdoshlarim respublika sport musobaqalarida faol qatnashadilar.

Hamkor maktablar o‘rtasida Samarqand shahrida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro musobaqada litseyimiz jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagani ham erishayotgan yutuqlarimizdan biridir.

Ayniqsa, sportning kikboksing turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda litseyimiz o‘quvchilari 2010-yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2011-yilda gimnastrada yo‘nalishi bo‘yicha qizlar jamoasi nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, 2- 3-darajali diplomlar bilan mukofotlandi.

S. Karimov, A.Omonov, kabi tengdoshlarim Serbiya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda diplom olishga erishgan. A. Abdullaev sportning turi kumite yo‘nalishi musobaqalarida O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Men Ukrainada bo‘lib o‘tgan 2010-yilgi Xalqaro kikboksing musobaqalarida diplom olishga erishdim.

Akademik litseyimizda o‘quvchilarning ko‘pgina qismi turli viloyatlardan kelganligi bois ular yotoqxona bilan ta‘minlangan. Yotoqxonada o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular orasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish uchun bilim maskani tomonidan tarbiyachi va murabbiylar tayinlangan. Shu bilan birga o‘qituvchilarning ham kundalik navbatchiligi tashkil etilgan. O‘quvchilarni litseyga olib kelish va olib ketish uchun maxsus avtobus ajratilgan. Shu qatorda kam ta`minlangan va yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun litseyimizda ertalabki nonushta bepul tashkil etilgan. Bunday qulayliklarni yaratgan hukumatimizdan biz yoshlar minnatdormiz. Ustozlarimiz o‘gitlari, ta`lim-tarbiyasiga amal qilgan holda Vatanimiz kelajagiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz.

J. QAMBAROV,

o‘quvchi

Яна ўқинг:  “Ким ўзар?” – кўнгил бузар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: