Go‘daklarga qaysi taomlarni berib bo‘lmaydi?

Bolalarda hazm tizimi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli ba’zi taomlar jajji o‘g‘il-qizlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu borada JSSTning alohida tavsiyalari ham bor. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni to‘g‘ri ovqatlantirish talab va qoidalari ko‘pchilik ota-onalar uchun qiziq.

Olti oylikkacha bo‘lgan kichkintoylar uchun eng maqbul taom – ona suti. Qo‘shimcha ovqatlarni esa shu davrdan boshlab bolajonlar ratsioniga kiritsa bo‘ladi. Yog‘siz va yaxshilab ezilgan meva, go‘sht, sabzavot pyurelari, pishloq va yogurtlar shular jumlasidan.


Ammo bu davrda quyidagi oziq-ovqatlarni kichkintoylarga berib bo‘lmaydi:

– asal va asal qo‘shilgan mahsulotlar, shu jumladan, pishiriqlar (tarkibida botulizmni keltirib chiqaruvchi sporalar bo‘lishi mumkin);
– sigir suti (ichakda qon ketish ehtimolini yuzaga keltiradi, qolaversa, qiyin hazm bo‘ladi);
– xom yoki chala pishirilgan go‘sht;
– pishirish yoki qaynatish jarayonida sarig‘i qotmagan tuxum;
– pasterizatsiyalanmagan sut mahsulotlari;
– konfetlar, saqich, qattiq pechenye va qotirilgan non bo‘laklari;
– tarkibida kofein moddasi bo‘lmagan ichimliklar, shu jumladan choy (ularni ikki yoshgacha bermaslik zarur).

Noiba AZIMOVA,
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya

ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: