HAR DOIM “G‘UNCHA” BILAN
Mening ismim Xonzoda. Men 2-sinfda o‘qiyapman. Maktabimizda rus, ingliz, fransuz va arab tillari o‘qitiladi. Men rus va ingliz tillarini zo‘r qiziqish bilan o‘rganyapman. Darsdan bo‘sh vaqtlarimda “G‘uncha” jurnalini ham o‘qib boraman. Undagi she`r va hikoyalar, o‘yin va topishmoqlar, komiks va rasmlar meni topqirlikka o‘rgatadi. “G‘uncha” jurnaliga 1-sinfga borganimdayoq obuna bo‘lganman. Endi 2013-yil uchun ham obuna bo‘lmoqchiman. Bunda menga onam yordam beradilar. Chunki onam ham bolaliklarida “G‘uncha” jurnalini sevib o‘qigan ekanlar.
Xonzoda MIRZOHIDOVA,
Toshkent shahridagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-“A” sinf o‘quvchisi