Antibiotiklarni qabul qilgandan keyin ichak mikroflorasini tiklashda…

Antibiotiklar – infeksiyali kasalliklarni davolashda eng samarali vositalardan. Ammo ular faqat zararli bakteriyalarni emas, balki ichakdagi foydali mikroorganizmlarni ham «o‘ldiradi». Buning oqibatida bemorda diareya, qorin dam bo‘lishi, immunitet zaiflashishi va ichak faoliyati buzilishi bilan bog‘liq boshqa qator jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin. Xo‘sh, antibiotiklar qabul qilgandan keyin ichak mikroflorasini tiklash uchun nimalar qilish kerak?


Avvalo, antibiotiklar kursi tugaganidan keyin ratsionga probiotiklar va prebiotiklarga boy mahsulotlarni kiritish kerak. Probiotiklar – bu ichakni foydali bakteriya­lar bilan to‘ldirishga yordam beruvchi tirik mikroorganizmlar, prebiotiklar esa foydali bakteriyalar uchun ozuqa manbai hisob­lanib, ularning ko‘payishiga yordam beradi. Bunday foydali bakteriyalar yogurt, kefir, tuzlangan karam, pishloq, banan, piyoz, sarimsoq kabi mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi.


Ichak mikroflorasini tiklash uchun qayta ishlangan, yarim tayyor mahsulotlar, yog‘li taomlar, shakar, alkogol va kofe iste’molini cheklash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, yetarli miqdorda suv ichish, ko‘proq meva-sabzavotlar, butun donli, oqsil, ayniqsa S vitaminiga boy mahsulotlar tanovul qilish muhim.


Antibiotik dori vositalarini qabul qilish oqibatida zaiflashgan immunitetni mustahkamlash uchun kamida 7-8 soat uxlash, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish maqsadga muvofiq.
Ushbu qoidalarga amal qilgan bemorlarda ichak faoliyati o‘rtacha 1,5-2 oyda to‘liq tiklanadi.

Agar antibiotiklar kursidan keyingi asoratlar ushbu muddatdan ko‘proq vaqt davomida saqlansa, shifokorga murojaat qiling.

Sevara UBAYDULLAYEVA,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Klinik protokollar va standartlarni ishlab chiqish va
joriy etish bo‘limi boshlig‘i

Yana o‘qing:  Tozalash vositasidan zaharlanish mumkinmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: