Tuzsiz pomidor sharbati
Foydasi: saraton kasalligining ko‘pgina turlaridan himoya qiladi. Ma’lumki, yangi uzilgan pomidorni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarda likopen moddasi pomidorning o‘ziga qaraganda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Likopen quyidagi a’zolar saratoni paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi: og‘iz bo‘shlig‘i, o‘pka, oshqozon, jigar, ko‘krak bezlari, bachadon bo‘yni, to‘g‘ri ichak. Bundan tashqari, likopen yurakni erkin radikallarning ta’siridan himoya qiladi va bu bilan yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishi ehtimolini kamaytiradi.