Bolaga uy sharoitida MUOLAJA QILISHDA ota-onalar qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?

Sovuq va yog‘ingarchilik – o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olishi uchun qulay muhit. Ana shu davrda shamollash va gripp singari mavsumiy kasalliklar bolalar o‘rtasida keng tarqaladi.
Ammo O‘RVIga chalingan bemor farzandlarni uy sharoitida davolashda shifokor tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladigan noto‘g‘ri muolajalar qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu o‘rinda bunday pallada ota-onalar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolarga to‘xtalamiz.

Isitmasi yuqori bolaning tomog‘ini yod yoki zelyonka bilan artish ko‘p kuzatiladigan yanglish xatti-harakatdir. Chunki kichik yoshli bemorning nafas yo‘li shilliq qavati juda nozik, qolaversa, virusdan yallig‘langan va shishgan bo‘ladi.
Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, laringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi xavfi bor.

Tana harorati 38,5 darajadan ko‘tarilganda, paratsetamol yoki ibuprofen berish tavsiya etiladi. Ammo ba’zi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor bo‘lmagan tanishi, qo‘shnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qo‘shib mazkur aralashmani isitma tushirishda qo‘llashadi. Bu mutlaqo mumkin emas. Ya’ni analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yo‘tal paydo bo‘lgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi.


Bundan tashqari, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish mumkin emas. Chunki tutun kichkintoy organlari spazmini ko‘paytirib, yo‘talni yanada kuchaytirishi ehtimoli mavjud.

Tana harorati ko‘tarilgan bolani qalin kiyintirish, ko‘rpa-adyollar o‘rab-chirmab tashlash ham noto‘g‘ri. Negaki, bu xatti-harakat organizmning isitmadan xalos bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Shamollash chog‘ida bolaning ishtahasi pasayishi mumkin. Bu – organizmning tabiiy reaksiyasi. Ammo ba’zi ota-onalar shunday paytda farzandini ko‘p miqdorda ovqat yeyish yoki ichimlik ichishga majburlaydi. Ushbu holat kichintoyning o‘zini yomon his qilishi yoxud hazm qilish jarayoni buzilishiga olib kelishi mumkin.
O‘RVI yoki gripp tashxisi qo‘yilgan bolani havo aylanmaydigan va nam xonada saqlash ham yaramaydi. Bunday sharoitda viruslar ko‘payishi osonlashadi va bemorning nafas olishi qiyinlashadi.

O‘z navbatida, tumov belgilari kuzatila bosh­lasa, o‘zboshimchalik bilan o‘g‘il-qizlarga antibiotiklar berish ham katta xato. Sababi, bunday preparatlar virusli xastaliklarda yordam bermaydi. Aksincha, aks ta’sir ko‘rsatadi.
Shamollash chog‘ida va tana harorati ko‘tarilganda ko‘p suyuqlik ichish kasallikni tezroq yengishga yordam beradi.
Agar bolada pnevmoniyaning ilk belgilari kuzatilsa, shifoxonada davolanish tavsiya etiladi.

Abdumannop ABDUQAYUMOV,

Yana o‘qing:  JARROH ROBOT

Respublika ixtisoslashtirilgan

pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: