OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish: innovatsiyalar, dolzarb muammolar va amaliy yechimlar

Bugungi kunda mamlakatimizda OIV/OITS kasalligiga  qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi  “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

“Raqamli O‘zbekiston” boshqaruvi markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan “OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish: innovatsiyalar, dolzarb muammolar va amaliy yechimlar” mavzusida xalqaro mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda sohaga raqamlashtirish: innovatsiyalar, dolzarb muammolar va amaliy yechimlar borasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Farruh HAMRAYEV,

Respublika “OITSga qarshi kurashish markazi” epidemiologik monitoring bo‘limi rahbari:

– Bugungi  xalqaro anjuman biz, mutaxassislar uchun sohada zamon talabi bo‘lgan raqamlashtirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda aniq ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Bugungi tadbirdan maqsad, dunyo miqyosida soha mutaxassislari birlashgan holda, OITSga qarshi kurashish tizimida kasallikni bartaraf etish va buning uchun ilg‘or yutuqlarga erishishdan iborat. Muhimi, dunyo miqyosida OITS/OIVning oldini olish va unga qarshi kurashishda mavjud muammolarni bartaraf etish, ularga yechim izlash, fikr almashish va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.

Vinera BAROTOVA,

Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi rahbari:

– Bugungi kunda mamlakatimizda “Idoralararo telemeditsina” xizmatlarini rivojlantirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Tizimda farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish axborot tizimi yaratilib, ishga tushirildi. “Laboratoriya” axborot tizimi yo‘lga qo‘yildi. Sohadagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va saqlash, ularning hisobotini yuritish elektron axborot tizimi orqali avtomatik shakllanishiga erishildi. Shuningdek, migratsiyada bo‘lgan fuqarolarimizni masofadan turib ro‘yxatga olish va ular davo choralari bilan qamrab olishning yo‘lga qo‘yilgani sohada raqamlashtirishning yo‘lga qo‘yilgani natijasidir.

Ha, bugungi kunda mamlakatimizda OITSga qarshi kurashishda OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini olib borish, real vaqt rejimida dori vositalari, test-tizimlari va boshqa vositalar harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratilgani yangiliklardan biridir. Axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining integratsiya platformasi orqali, Davlat personallashtirish markazi, qon quyish, narkologiya, psixiatriya xizmati  o‘rtasida idoralararo integratsiya amalga oshirildi. Natijada, OIV bilan yashovchilarning migratsiya, doimiy va vaqtincha yashash manzili, oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron tarzda olinib, ularga o‘z vaqtida shifokor nazoratini tayinlash, erta davolashni boshlash va OIVga tibbiy tekshiruv bilan qamrab olishda amaliy yechim bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yana o‘qing:  Saratonga qarshi lavlagili sharbat

Mazkur axborot tizimi Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. 18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyasiga chalingan bolalarga tayinlanadigan nafaqalar avtomatik tarzda belgilanib, nafaqa olishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar barham topdi.

Eng muhimi, sohani raqamlashtirish orqali, aniq ma’lumotlarga asoslangan holda qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Maryam AHMEDOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: