“Taqa” salati

Hurmatli uy bekalari, mazali taomlar yoniga tayyorlagan salatlaringiz dasturxoningiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishini istasangiz “Taqa” salatini sizga taqdim etamiz.

Kerakli masalliqlar: 400 gr. tovuq go‘shti, 4 dona kartoshka, 4 dona qaynatilgan tuxum, 2 dona sabzi, 4 dona tuzlangan bodring, 1 banka ko‘k no‘xat konservasi, ko‘katlar, bosh piyoz, tuz hamda mayonez ta’bga ko‘ra.

Tayyorlash: Barcha masalliqlarni qaynatib pishirib olasiz. Qaynatib pishirilgan tovuq go‘shtini o‘rtacha kattalikda somoncha shaklida to‘g‘raysiz, kartoshka va sabzini to‘rtburchak shaklida to‘g‘raysiz. 2 dona tuzlangan bodring to‘rtburchak shaklida, 2 donasi dumaloq shaklda to‘g‘raladi. Qaynatilgan tuxumning sarig‘i va oqini ajratib qirg‘ichdan o‘tkazasiz. Piyoz hamda ko‘katlarni mayda to‘g‘raysiz.

Chuqur likopchaga tovuq go‘shtini solib unga boshqa masalliqlarni aralashtirasiz. Keyin tayyor bo‘lgan salatni yoyiq likopchaga taqa shaklida joylab, chetlarini ko‘katlar hamda dumaloq shaklda kesilgan bodring donachalari (yopishtirish uchun bodring suviga botirib oling) bilan bezatib chiqasiz. Tayyor bo‘lgan salatning ustki qismini esa qirg‘ichdan o‘tkazilgan tuxum sarig‘i hamda oqi bilan bezatasiz.

MEHRIBONU

Yana o‘qing:  Ko‘zlar – yuzning eng ko‘rkam qismi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: