Ko‘kyo‘tal qanday xastalik?

Ko‘kyo‘tal nafas yo‘lining juda xavfli bakterial infeksiyasi hisoblanib, unga yo‘liqqan kishi yo‘talishi yoki aksa urishi oqibatida havoga mikrob tarqaladi va shu yaqin atrofda nafas olgan kshi ham zararlanadi.
Emlash jarayonlari boshlangunga qadar ko‘kyo‘tal faqatgina bolalarga xos kasallik deb hisoblangan. Hozirgi kunda ushbu xastalik vaksinatsiyaning to‘liq davridan o‘tmagan chaqaloqlar hamda immuniteti zaif bo‘lgan o‘smir va kattalarda ham uchramoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, emlashning amal qilish muddati – taxminan 4-14 yil. Qancha ko‘p vaqt o‘tsa, kasallanish ehtimoli ham yuqorilashib boradi.

Aniqlashda…

Avvaliga xuddi shamollashniki kabi alomatlar paydo bo‘la boshlaydi: yo‘tal, aksirish, tumov, harorat ko‘tarilishi, eng ko‘pida 38,9 gradusgacha, ba’zi holatlarda ich ketishi. 7-10 kun o‘tib, yo‘tal xurujlari yomonlashadi va davom etadi. Ular hatto qusish, kuchli holsizlik va keskinlashuv natijasida yuzning qizarib yoki ko‘karib ketishiga olib kelishi mumkin.
Xasta kishilarda bo‘g‘imlar torayishi sababli tez-tez yuz-bo‘yin sohasida shishlar kuzatiladi. Teri va ko‘z shilliq qavatida qon quyilish­larini ham boshdan kechirish mumkin. Asabiy ta’sirchanlik ortishi nevroz va bosh aylanishini qo‘zg‘atishi ham amaliyotda kuzatilgan. Hatto ba’zida kuchli yo‘tal bolalarni hushidan ketkizadi. Bu davr o‘ttiz kungacha davom etadi.
Xurujlar aksariyat odamlarda kuzatiladi, lekin bu hammada degani emas. Chaqaloqlar umuman yo‘talmasligi, ammo bu holatda og‘zini tez-tez ochib havo olib turishi, hansirashi mumkin. Xurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlar va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo‘lishi ehtimoli bor.

Shifokorga qachon murojaat etiladi?

Agar yo‘tal kuchayganini sezsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Avvalgi bosqichlarda kasallikni aniqlash bir muncha qiyin kechadi. Alomatlar shamollash, gripp va bronxitnikiga o‘xshash. Shuning uchun shifokor bemorga qon tahlili va ko‘krak qafasi rentgenini o‘tkazishni buyurishi mumkin. Yo‘tal xuruji davomida bemor nafas qisilishlariga duch kelsa, o‘ylab o‘tirmay tez yordam chaqirish kerak.
Bunda bemorni vahimaga tushgan va tomog‘ini ushlab olgan holatda ko‘rishimiz mumkin. Teri ozroq ko‘kara boshlaydi. Lekin asosiy belgi – u hansirashni boshlaydi.
Kasallik davrida to‘g‘ri hayot tarzini yuritish juda muhim ahamiyatga ega.
Bemorga dam olish, yuqori harorat kuzatilmagan vaqtda esa yengil sayr tavsiya etiladi. Asab tizimi o‘ta taranglashishi bois jahlni chiqaruvchi barcha omillardan saqlanadi. Chiroq nuri ham yumshoq va tarqoq bo‘lishi kerak. Baland ovozdagi musiqa, suhbat yoki televizor shovqini taqiqlanadi.


Quyida tezroq sog‘ayishga oid bir necha tavsiyalar bilan tanishing:

Yana o‘qing:  Tadqiqot: homiladorlik davrida noto‘g‘ri ovqatlanish bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

– yuqori harorat natijasida chanqash hissi oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Eng yaxshi tanlov – suv, meva sharbati va quruq qaynatma sho‘rva;
– tez-tez va oz-ozdan tanovul qilish lozim. Ko‘p ovqat yeyish yo‘tal vaqtida qayt qilishga olib kelishi mumkin;
– xonada havo namlantiruvchi vositadan foydalanish. Bu yo‘talni bosishda yordam beradi;
– bemorning xonasidagi havo musaffo bo‘lishiga harakat qilish lozim. Binoda chekish, kuchli iforli duxi yoki havo spreylaridan foydalanish tavsiya etilmaydi – tomoqni qirishi mumkin. Xonani iloji boricha ko‘proq shamollatib turish kerak;
– infeksiya yuqishidan saqlanish. Qo‘lni sovunlab yuvish, tibbiyot niqobidan foydalanish va suhbat davomida og‘izni salfetka bilan yopish kerak.

Qanday qilib oldini olamiz?


Eng samarali yo‘li bolalarni o‘z vaqtida kasallikka qarshi emlashdir.
AKDS – adsorbirlangan ko‘k yo‘tal-difteriya-stolbnyak vaksinasi. Emlashning ta’siri bir vaqtning o‘zida uchta qo‘rqinchli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.
AKDS kompleksli vaksinasi, rioya etilishi zarur bo‘lgan qat’iy o‘rnatilgan tanaffuslar bilan ko‘p marta yuboriladi (birlamchi kurs doirasi uchun eng kamida 30 kun). Emlashlar Milliy taqvimiga ko‘ra, AKDS (Pentavalent vaksinasi tarkibida) vaksinasi bilan chaqaloqlar 2, 3 va 4 oylik bo‘lganda bir martadan 3 marta, so‘ngra 16 oylikda bir marta emlanadi.

Nigora ShOKIR,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi qo‘mitasi
Toshkent shahar boshqarmasi
vrach epidemiologi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: