H2O – hayot ehtiyoji

Chanqoqni qondirishda va organizmni mikro va makroelementlar tanqisligidan asrashda tabiiy, sof va toza ichimlik suvidan foydalaning.

Suv – hayot manbai. Tiriklikning mavjudligi u bilan. Shu bilan birga inson organizmining asosiy qismini ham suv tashkil qiladi. Tanamiz hujayralaridagi eng muhim moddalarni, tuz va minerallarni tashiydi, barcha a’zolarimizga muhim ma’lumotlar yetkazadi. Organizmdagi ortiqcha xiltlarning tanadan chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Bularning hammasi yetarli miqdorda suv ichilgandagina amalga oshadi.

Organizmdagi hayotiy jarayonlarning me’yorida kechishi uchun undagi suv zaxirasi doimiy tarzda to‘ldirib borilishi kerak. Hisob-kitoblarga qaraganda inson bir kunda choy, kofe, ovqat, sabzavot, sharbat va albatta ichimlik suvi tarzida kamida ikki litr suyuqlik iste’mol qiladi. Biroq ko‘p hollarda muntazam suv ichib turishning naqadar muhimligini unutib qo‘yamiz. Odatda, faqat chanqagandagina suv ichamiz. Vaholanki, og‘iz qurib, tashnalikni chuqur his etganda esa kishi organizmi namlik yetishmaganidan aziyat chekadi. Bunday yetishmovchilik organizmdagi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi: og‘riq va horg‘inlik, idrok etishning xiralashuvi, ko‘rish quvvatining buzilishi, eshitish qobiliyatining yomonlashuvi, kayfiyatning o‘zgarishi, shu jumladan, xotiraning pasayishi va diqqatning yo‘qolishi.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, odamning tana a’zolarida suv quyidagi miqdorda taqsimlangan: miyada 90 foiz, o‘pka va jigarda 86 foiz, qonda 83 foiz, buyraklarda 82 foiz, mushaklarda 75 foiz.

Miyamizda juda ko‘p miqdorda suv bor. Shunisi ajablanarliki, shuncha miqdordagi suv bilan inson qanday fikrlashi, qanday qilib ixtirolar qilishi mumkin? Ayni paytda qanday suvni ichimlik suvi deb hisoblash mumkin? Suv quvuri jo‘mragidan oqayotgan suvnimi, qaynatilganinimi, filtrlanganinimi yohud ochiq suv havzalaridagi chuchuk suvlarnimi?

Abu Ali ibn Sinoning asarlarida ham boshqa shifobaxsh vositalar orasida suvning inson salomatligini saqlash vositasi ekanligi tilga olinadi. Binobarin, yuzdagi, oyoq-qo‘llardagi shishlarni terlatib davolashda, umumiy istisno holatida suvning ahamiyati katta bo‘lgan, bemor tanasidagi namlik va suyuqlik miqdori albatta hisoblangan.

Bir necha yillar muqaddam Toshkentning suvi ham toza va xushta’m edi. Ko‘chalardagi vodoprovod jo‘mraklaridan oqqan suvdan odamlar o‘z tashnaligini bemalol qondirish imkoniga ega edi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi suv manbalarining ifloslangani haqida ba’zan ogohlantirib turibdi.

Yana o‘qing:  EL QALBIDAGI ShOIR SIYMOSI

Xo‘sh, kishi chanqaganda gazlangan chanqoqbosdi ichimlik yoki sharbatni emas, aynan suv ichgisi kelganda nima qilish kerak? Axir, suv kishi chanqog‘ini bosishdan tashqari organizm uchun zarur bo‘lgan yod, kalsiy, ftor, kaliy, magniy kabi foydali moddalar bilan to‘yintirilgan. Biroq, hamma suvlarda ham bunday elementlar mavjud emas, shu bois ham ularni boyitish zarur bo‘ladi.

Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: bugungi kunda mineral yoki maxsus boyitilgan, ekologik toza suvni ichish zarur. Quvonarlisi, bozorlar va savdo do‘konlarimizda bunday suvlar serob. Bu esa kishi organizmini mustahkamlashga, uni davolashga xizmat qiladi. O‘zbekistonning mineral manbalari juda rang-barang bo‘lib, inson organizmiga faqatgina foyda keltiradi.

Gulnora PO‘LATOVA,

O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: